Ba’zi fanlardan milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Joriy yil noyabr oyida biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish istagidagi talabgorlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi.
Talabgorlar hududlar bo‘yicha ajratilgan o‘rinlar sonidan kelib chiqib, my.gov.uz portali orqali quyidagi sanalarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:
21-noyabr – biologiya;
22-noyabr – kimyo;
24-noyabr – fizika (elektron shaklda);
28-29-noyabr – matematika.
To‘lovni 24 soat ichida amalga oshirish lozim.
Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar imtihonda qatnashish uchun belgilangan to‘lovni ariza yuborilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida to‘lashlari kerak.
Masalan, 16-oktyabr kuni soat 10:25 da ro‘yxatdan o‘tgan talabgor to‘lovni 17-oktyabr kuni soat 10:24 ga qadar amalga oshirishi mumkin.
Belgilangan muddatda to‘lov qilinmasa, talabgorning arizasi bekor qilinadi. Bo‘shagan o‘rinlar esa boshqa talabgorlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini yaratadi.
Ra’no Nusratilloyeva