12:54, Oktabr 21, 2026
/
172

Endi talabalar har öquv yilida psixologik diagnostikadan ötkaziladi

Prezidentning 2026-yil 19-oktyabrdagi PQ-379-sonli “Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmat sohasini ilmiy asosda rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, barça ta’lim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar (tarbiyaçilar), şuningdek, öquvçilar, tarbiyalanuvçilar va talabalar har öquv yilida kamida bir marta maqsadli psixologik diagnostikadan ötkaziladi.

Yangi tartib ikki bosqiçda amalga oşiriladi:

2026/2027-öquv yilidan – maktabgaça va umumiy örta ta’lim taşkilotlarida;

2027/2028-öquv yilidan – örta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim taşkilotlarida.

Psixologik diagnostika qanday ötkaziladi?

Diagnostika jarayonlari Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan maxsus elektron platforma orqali taşkil etiladi. Bunda şaxsga doir ma’lumotlar hamda diagnostika davomida aniqlangan axborotlarning maxfiyligi ta’minlanadi.

Olingan natijalar sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida tahlil qilinib, pedagog va öquvçilar psixologik holatiga köra uç toifaga ajratiladi:

➖ “Psixologik barqaror”;

➖ “Psixologik qöllab-quvvatlaşga muhtoj”;

➖ “Faol psixologik qöllab-quvvatlaş zarur”.

Qöllab-quvvatlaşga muhtoj şaxslar bilan kim işlaydi?

Ikkinçi toifaga kiritilgan pedagog va öquvçilarga ta’lim taşkilotining psixologi, uçinçi toifadagilarga esa tegishli hudud böyiça mentor psixolog biriktiriladi.

Psixologlar uçun qöşimça rağbatlantiriş çoralari belgilandi

Kaskadli malaka oşiriş kurslariga öqituvçi sifatida jalb qilingan psixologlarga mazkur davr uçun asosiy iş joyidagi lavozim maoshining 20 foizi miqdorida ustama tölanadi.

Şuningdek, öquv yili davomida psixologik barqarorlikni ta’minlaşda eng yuqori natijalarga erişgan 150 nafar mentor psixolog mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik moddiy rağbat oladi.

Bundan taşqari, ta’lim taşkilotlarining psixologik xizmat xodimlari har beş yilda kamida bir marta malaka oşirişi şart etib belgilanmoqda.

Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etiladi

Qaror bilan Nizomiy Ganjaviy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universitetining Psixologiya öquv-ilmiy markazi negizida Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etiladi. Yangi institut Ta’lim va ilm-fan vazirligi böysunuviga ötkaziladi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab institut tarkibida quyidagi laboratoriyalar faoliyati yölga qöyiladi:

🔹 Raqamli psixologiya va sun’iy intellekt;

🔹 Ta’lim psixologiyasi va psixologik xizmat;

🔹 Psixologik salomatlik va profilaktika.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari