08:31, Iyul 4, 2025
/
942

Joriy yilda barcha yo‘nalishlar uchun minimal o‘tish bali oshiriladimi?

Belgilangan tartibga ko‘ra oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36%i), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30%i) etib belgilangan.

O‘tgan yili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng’irotboy Sharipov joriy yildan barcha yo‘nalishlar uchun minimal o‘tish bali oshirilishini ma’lum qilgan edi.

Ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

👉 sog’liqni saqlash, xuquq, biznes va boshqaruv yonalishlari uchun – 75,6 ball;
👉 boshqa yo’nalishlar uchun – 66.5 ball

2025-2026- o‘quv yili uchun o’tish ballari:

👉 sog’liqni saqlash, xuquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;
👉 boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi degan edi vazir.

Biroq ortda qolgan yillarda abituriyentlarning 50 % i hatto minimal 56,7 ballni ham to‘play olmagan. Ya’ni ular o‘zlari test topshirgan fanlarni 3 bahoga loyiq ham bilishmaydi. Bu ahvolni ko‘rib, vazirlik minimal o‘tish ballini eski holatda qoldirishga qaror qilgan.

Agar siz abituriyent bo‘lib davlat imtihonlarida qatnashsangiz va yuqorida ko‘rsatilgan 56,7 yoki o‘zgaradigan ballni ham to‘play olmasangiz, unda talabalik sizga bu yil nasib qilmaydi. Hatto super kontrakt ham sizga yordam berolmaydi.

Agar yuqorida eslatilgan yangi tartib tasdiqlansa, tabiiyki 56,7 balldan oshiq to‘plaganlar ham xursand bo‘la olmaydi. Chunki, tegishlicha 94,5 va 75,6 ball o‘z-o‘zidan minimal ballga aylanib, 56,7 ball tarixda qoladi. Super kontrakt ham keyin boshqacha hisob-kitob qilinadi.

OTM va yo‘nalishni tanlashda mana shu yangiliklarni hisobga olish shart. Bunga e’tiborsizlik qilib, abituriyent o‘zini-o‘zi o‘qishdan yiqitib qo‘yishi hech gap emas. Yana bir muhim eslatma: Imtihonda omad yoki tavakkalchilikka emas, miyadagi bilimlarga suyanish aslida eng to‘g’ri yo’l!

Fikrlar (0)
Avval yangilari