07:35, Oktabr 30, 2026
/
551

Yana bir mamlakatda talabalar namoyişga çiqdi

Indoneziyaning Jakarta va boşqa yirik şaharlarida minglab talabalar hamda jamoatçilik faollari prezident Prabovo Subianto siyosatiga qarşi norozilik namoyişlariga çiqdi. Ular ta’lim xarajatlarini kamaytiriş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş va mamlakatdagi ekologik muammolarni hal etişni talab qilmoqda.

Reuters va AFP xabarlariga köra, 28-oktyabr kuni Jakarta, Bandung va Makassar şaharlarida turli universitetlar talabalari iştirokida ommaviy namoyişlar ötkazilgan. Aksiyalar #IndonesiaSadar (“Uyğon, Indoneziya”) şiori ostida taşkil etilgan.

Namoyişlar Indoneziyada Yoşlar qasamyodi kuni bilan bir vaqtda ötkazilgan. Bu sana 1928-yilda mamlakat yoşlarining milliy birlik haqidagi tarixiy qasamyodiga bağişlangan.

Talabalarning asosiy talablaridan biri ta’limni arzonlaştiriş va unga ajratiladigan davlat mablağlarini köpaytirişdan iborat. Şuningdek, ular narxlar ösişi, davlat subsidiyalarining qisqartirilişi, so‘z erkinligi va korrupsiya bilan boğliq muammolarni kötargan.

Xususan, Indoneziya universitetining 20 yoşli talabasi Diana hukumatning energetika subsidiyalarini qisqartiriş qarorini tanqid qilgan. Uning fikriça, aholi narxlar ösişidan qiynalayotgan bir paytda davlatning bepul ovqatlaniş kabi dasturlarga katta mablağ sarflaşi norozilikka sabab bölmoqda.

Namoyişçilarning yana bir muhim talabi mamlakatda davom etayotgan örmon yonğinlarini milliy falokat deb e’lon qilişdir. Ma’lumotlarga köra, Indoneziya sönggi 11 yildagi eng oğir örmon yonğinlariga duç kelmoqda. Yong‘inlar oqibatida havoning ifloslanişi va nafas yöli kasalliklari köpaygan.

Jakartada xavfsizlikni ta’minlaş uçun 14 mingga yaqin politsiya xodimi va harbiylar safarbar etilgan. Ayrim hududlarda talabalar bilan huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari örtasida kelişmovçiliklar yuzaga kelgan.

Hukumat esa talabalar bildirgan taklif va e’tirozlarni qabul qilişga tayyorligini ma’lum qilgan. Şuningdek, örmon yonğinlariga aloqador kompaniyalarga nisbatan çoralar körilayotganini bildirgan.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari