13:39, Oktabr 30, 2026
/
565

Özbekiston turkiy davlatlar yoşlari uçun har yili 200 ta ta’lim granti ajratadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev turkiy davlatlar yoşlari uçun har yili 200 ta ta’lim granti ajratilişini ma’lum qildi. Davlat rahbari qardoş mamlakatlar yoşlarini uşbu imkoniyatdan unumli foydalanışga çaqirdi.

Bu haqida prezident 30-oktyabr kuni Anqara şahrida ötkazilgan Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammitidagi nutqida ma’lum qildi.

Davlat rahbari texnologik taraqqiyotning asosi inson kapitali, zamonaviy bilim va könikmalarga ega yoş avlod ekanini ta’kidladi. Şuningdek, yoşlar ta’limiga kiritilgan sarmoya uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam poydevori bölişini qayd etdi.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda “Yangi Özbekiston stipendiyasi” dasturi doirasida har yili 500 nafargaça iqtidorli xorijiy talabaga grant ajratiş nazarda tutilgan. Mazkur dastur davlat oliygohlarining bakalavriat bosqiçida öqiş xarajatlarini qoplaş va maxsus stipendiya berişni öz içiga oladi.

Hozirça turkiy davlatlar yoşlariga ajratiladigan 200 ta grantning “Yangi Özbekiston stipendiyasi” dasturidagi 500 ta örin hisobidan berilişi yoki alohida ajratilişi aniqläştirilmagan. Şuningdek, yangi grantlarning qabul şertlari va miqdori haqida batafsil ma’lumot e’lon qilinmagan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari