11:49, Noyabr 2, 2026
/
840

Texnikumlar boşqaruvi tadbirkorlar qöliga ötadimi?

Özbekistonda davlat texnikumlarini xususiy sektor boşqaruviga beriş rejalashtirilmoqda. Yangi taşabbusga köra, har bir viloyatdagi 2-3 tadan texnikum 15 yil muddatga yirik tadbirkorlar boşqaruviga topşiriladi. Bunda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş közda tutilgan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğilişda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantiriş, xususan, texnikumlarni yirik tadbirkorlar boşqaruviga beriş masalasi kötarildi. Davlat rahbari quriliş, sanoat va logistika sohalarida malakali kadrlarga talab mamlakat içkarisida ham, xorijda ham ortib borayotganini ta’kidladi.

Xususan, Sergelidagi “Toşkent quvur zavodi” özining tajribali ustalarini jalb qilgan holda yiliga 2,5 ming nafar payvandçi, elektrik va çilangar tayyorlaş taşabbusini bildirgan.

Mazkur tajribani kengaytiriş maqsadida har bir viloyatdagi 2-3 tadan texnikumni yirik tadbirkorlar boşqaruviga beriş rejalashtirilmoqda.

Yangi tizimga köra, texnikumlar tadbirkorlarga 15 yil muddatga boşqaruvga beriladi. Ular orqali yiliga kamida 30 ming nafar iş joyida darhol faoliyat boşlay oladigan mutaxassis tayyorlaş közda tutilgan. Bitiruvçilarga davlat namunasidagi malaka sertifikatlari taqdim etiladi. Şuningdek, texnikumlar xorijiy iş beruvçilar bilan hamkorlik qiladi.

Tadbirkorlarning kadrlar tayyorlaş va uskunalar xarid qilişga sarflagan mablağlarini tölangan soliqlardan çegiriş, çet elda yaxşi işga joylaşgan har bir bitiruvchi uçun grant ajratiş tizimi ham yölga qoyiladi.

Aslida, kasbiy ta’lim tizimini qayta taşkil etiş va iş beruvçilar bilan hamkorlikni kengaytiriş masalasi avvalgi yillarda ham kötarilgan.

Jumladan, Prezidentning 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-son farmoni bilan kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilişga oid çora-tadbirlar belgilangan. Mazkur hujjat bilan kasbiy ta’lim muassasalari faoliyatini qayta taşkil etiş, texnikumlarning boşqaruv tizimini takomillaştiriş va moliyalaştiriş mexanizmlarini yangilaş nazarda tutilgan.

Keyinçalik, 2025-yil 23-oktyabrda PQ-316-son qaror qabul qilinib, kasbiy ta’lim tizimida yangi islohotlar belgilandi. Hujjatda texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, boşqaruv va ta’lim jarayonlarini takomillaştiriş, şuningdek, kasbiy ta’lim tizimini 2026–2030-yillarda rivojlantirişga oid çora-tadbirlar öz aksini topgan.

Endilikda esa tadbirkorlarning roli yanada kengaytirilib, ularga ayrim texnikumlarni bevosita boşqariş imkoniyatini beriş taklif qilinmoqda.

Biroq texnikumlarni tadbirkorlar boşqaruviga beriş ularni xususiylaştiriş degani emas.

Prezidentning 2025-yil 23-oktyabrdagi PQ-316-son qarorining 18-bandiga köra, 2030-yilga qadar texnikumlar faoliyatini tugatiş, ularga tegişli yer uçastkalari, bino va inşootlar hamda başqa köçmas mulk obyektlarini xususiylaştirişga moratoriy joriy etilgan. Mazkur band 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son farmon bilan yangi tahrirda bayon qilingan.

Unga muvofiq, texnikumlarning yer uçastkalari va köçmas mulkini Kasbiy ta’lim agentligi bilan kelişmasdan ijaraga beriş, sotiş yoki tasarrufdan çiqariş taqiqlanadi. Prezident hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.

Demak, amaldagi qonunçilikda texnikumlarning köçmas mulkini xususiylaştirişga çeklov mavjud bölsa-da, yangi taşabbus ayrim ta’lim muassasalarining boşqaruvini tadbirkorlarga topşirişni nazarda tutmoqda.

Biroq tadbirkorlarning boşqaruv vakolatlari, davlat nazorati mexanizmlari, texnikumlarning moliyalaştirilishi va öquvçilar uçun şart-şaroitlar qanday belgilanişi yuzasidan hozirça batafsil ma’lumot berilmadi.

Şunday qilib, davlat texnikumlarini xususiy sektor bilan hamkorlikda boşqarişning yangi mexanizmi joriy etilişi kutilmoqda.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari