15:55, Noyabr 4, 2026
/
874

15 sutka qamoq: “Xavfsiz talaba” talabalarga xavf tuğdirmoqdami?

Toşkentdagi ayrim oliy ta’lim muassasalarida talabalar telefonlariga “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatişga majburlanayotgani haqida murojaatlar kelib tuşgan. Hatto ilovani örnatmagan talabalar 15 sutkaga qamatiş bilan qörqitilgani iddao qilinmoqda.

Kun.uz manbasining xabar berişiça, Toşkent şahrining Uçtepa tumanida joylaşgan Turkiy davlatlar xalqaro universitetida bir haftadan buyon talabalardan “Xavfsiz talaba” ilovasini yuklab oliş talab qilinmoqda.

Talabalarning aytişiça, 3-noyabr kuni Uçtepa tumani IIB boşliği örinbosari Abduraşid Oçilov boşçiligidagi guruh dars vaqtida auditoriyalarga kirib, ularning telefonlarini tekşirgan. Ilova örnatilmagan talabalardan uni yuklab oliş talab qilingan.

Murojaatda qayd etilişiça, IIB boşliği örinbosari ilovaning şaxsiy ma’lumotlar xavfsizligiga ta’siri haqida savol bergan talabaga qöpol munosabatda bölgan. Talaba iPhone işlatgani sababli APK formatidagi ilovani örnata olmasligini tuşuntirgan. Şundan söng u 15 sutkaga qamatiş bilan qörqitilgani aytilmoqda.

Şuningdek, boşqa bir oliy ta’lim muassasasida mazkur ilovani örnatişga majburlaş bilan boğliq vaziyat ortidan dekan lavozimidan ozod etilgani xabar qilingan.

Boş prokuratura esa talabalarning “Xavfsiz talaba” ilovasini telefonlariga örnatişi majburiy emasligini bildirgan.

Şuningdek, manbaning ma’lum qilişiça, Içki işlar vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan Kun.uz tomonidan yuborilgan sörovni javobsiz qoldirgan. Şu sababli hozirça vazirlikning mazkur voqeaga nisbatan rasmiy munosabati ma’lum emas.

Ma’lumot örnida, avvalroq aynan “Xavfsiz talaba” ilovasi bilan boğliq mojaro ortidan Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti dekani Uluğbek Yöldoşev lavozimidan ozod etilgan edi. Universitet matbuot xizmati ham uşbu ma’lumotni tasdiqlagan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari