09:22, Noyabr 5, 2026
/
512

“Xavfsiz talaba” mojarosi: ilovani örnatmaganlarni darsdan çiqarişga kimning haqqi bor?

Avvalroq “Avlod Media”da “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatmagan talabalar 15 sutkaga qamatiş bilan qörqitilgani, şuningdek, aynan şu mojaro ortidan Özbekiston davlat jahon tillari universiteti dekani lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik. Endilikda tahririyatimizga boşqa oliy ta’lim muassasalari talabalaridan ham ketma-ket murojaatlar kelib tuşmoqda.
Xususan, Alfraganus universiteti hamda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti talabalaridan kelgan murojaatlarda ilovani örnatiş va röyxatdan ötiş majburiy talab sifatida qöyilayotgani aytilmoqda.

“Xavfsiz talaba”: Alfraganusda ham bosimlar boshlangani aytilmoqda

“Avlod Media”ga Alfraganus universiteti talabalari tomonidan yuborilgan murojaatda “Xavfsiz talaba” ilovasini yuklab oliş uçun Google Play havolasi va QR-kod tarqatilgani aytilmoqda.
Murojaatçilarning sözlariga köra, ilovani örnatiş masalasi bir neça kundan buyon talabalar va öqituvçilar örtasidagi asosiy mavzulardan biriga aylangan.


Tahririyatga yuborilgan audio murojaatda talabalardan biri uşbu holatdan noroziligini bildirib, ilovaning amaliy foydasi yetarli darajada tuşuntirilmayotganini ta’kidlagan.
“Har kuni bitta gap – “Xavfsiz talaba”, “Xavfsiz talaba”. Özi bizga buning nima keragi bor? Qanday ustun jihatlari bor? Şu ilova bilan bizning öqişimiz yaxşilanib qoladimi?” – deydi talaba.
Uning aytişiça, universitetga prokuratura vakili sifatida taniştırilgan şaxs kelib, ilovani örnatiş şartligini bildirgan. Bunda Prezident qarori mavjudligi ham tilga olingan. Mas’ullar tomonidan ilovani örnatmaganlarni darsdan çiqariş mumkinligi haqida gapirilgani ham aytilmoqda.
“Kerak bölsa, talabalarni bemalol darsdan çiqaraverişingiz mumkin, bunga haqqingiz bor, deb aytişdi”, – deyiladi audio murojaatda.
Biroq uşbu gaplar kim tomonidan va qanday huquqiy asosda aytilgani hozirça mustaqil tasdiqlanmagan.

Magistratura talabalariga ham majburiy topşiriq berilgani aytilmoqda

Tahririyatimizga Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti magistrantlariga tegişli ekani aytilgan guruh yozışmalari ham yuborildi.
Skrinşotda “Rasmiy topşiriq” sarlavhasi ostida barça magistratura talabalaridan “Xavfsiz talaba” ilovasini yuklab oliş va zudlik bilan röyxatdan ötiş talab qilingan.
Şuningdek, guruh sardorlariga har bir talabaning röyxatdan ötgan yoki ötmaganini aniqläş, ularning sonini hisoblaş va bu jarayonni qat’iy nazorat qiliş vazifasi yuklatilgan.

Mazkur yozişmalar talabalarning ilovadan foydalanişi ixtiyoriy ekanligi haqidagi rasmiy bayonotlarga qaramay, ayrim öquv guruhlarida röyxatdan ötiş majburiy topşiriq sifatida taqdim etilayotganiga oid savollarni yuzaga keltirmoqda.

Boş prokuratura: ilovani örnatiş majburiy emas

Kun.uz’ning 4-noyabrdagi xabarida Boş prokuratura matbuot xizmatining mazkur masala yuzasidan rasmiy munosabati e’lon qilingan.
Unga köra, talabalarning “Xavfsiz talaba” mobil ilovasiga ulanişi majburiy hisoblanmaydi.
Boş prokuratura mazkur platforma böyiça olib borilayotgan işlar talabalarni majburlaşga emas, balki ularga ilovaning imkoniyatlarini tuşuntirişga qaratilganini ta’kidlagan.
Bundan taşqari, Boş prokuratura va uning quyi tuzilmalari tomonidan talabalarni platformaga majburiy ulaş yoki ilovani örnatmaganlarni darsga kiritmaslik böyiça heç qanday topşiriq berilmagani ma’lum qilingan.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi ham oliygohlarga talabalarni ilovani örnatişga majburlaş haqida körsatma bermaganini bildirib, holat yuzasidan işçi guruh tuzilganini ma’lum qilgan.

Ilovani örnatmagan talabani darsdan çiqariş mumkinmi?

Boş prokuratura ilovani örnatiş majburiy emasligini rasman bildirgan ekan, faqat ilova örnatilmagani sababli talabani darsga kiritmaslik yoki maşğulotdan çiqarib yuborişni asosli talab deb hisoblaş uçun huquqiy asos körsatilişi kerak.
Bunday holatlar talabalarning ta’lim oliş huquqi buzilişiga olib kelişi mumkin.

“Xavfsiz talaba” ilovasi nima uçun yaratilgan?

Rasmiy ma’lumotlarga köra, “Xavfsiz talaba” platformasi talabalar xavfsizligini ta’minlaş, ularga tezkor yordam körsatiş hamda ta’lim jarayoniga oid ma’lumotlarni yagona tizimda jamlaş maqsadida işlab çiqilgan.
Unda quyidagi imkoniyatlar mavjud:
➖Elektron talabalik guvohnomasi va QR-kod;
➖Talabaning davomati, öqişi va turar joyiga oid ma’lumotlar;
➖Turli davlat idoralariga elektron murojaat yuboriş;
➖Favqulodda vaziyatlarda SOS tugmasi orqali yordam çaqiriş;
➖Jamoat transporti harakatini xaritada kuzatiş.
Ilova Uzinfocom tomonidan işlab çiqilgan bölib, HEMIS va boşqa axborot tizimlari bilan integratsiya qiliş nazarda tutilgan.

APK formatidagi ilova nega talabalarda şubha uyğotmoqda?

Talabalarning e’tirozlariga sabab bölgan yana bir masala ayrim holatlarda ilovani APK formatida yuklab oliş talab qilinayotganidir.
APK – Android operatsion tizimiga möljallangan ilovalarni örnatiş fayli hisoblanadi. Bu formatning özi ilova xavfli ekanini anglatmaydi. Biroq noma’lum manbadan yuborilgan APK fayllarni örnatiş axborot xavfsizligi bilan boğliq xavflarni keltirib çiqarişi mumkin.
Şu sababli ayrim talabalar ilova qanday ma’lumotlarni töplaşi, ulardan kimlar foydalanişi va şaxsiy ma’lumotlarning qanday himoyalanişi bilan qiziqmoqda.
Alfraganus universitetidan yuborilgan skrinşotlardan birida Google Play havolasi körsatilgan. Biroq boşqa oliygohlardan APK fayllarni örnatiş talab qilingani haqida ham murojaatlar mavjud.

Savollar oçiqligiça qolmoqda

Talabalarning xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan ilovaning foydali jihatlari mavjud. Biroq uni joriy etiş jarayonida talabalarga bosim ötkazilişi, darslarni töxtatiş yoki öqişdan çetlaş­tiriş bilan ta’sir körsatiş haqidagi da’volar jiddiy örganilişni talab qiladi.
Agar ilovani örnatiş majburiy bölmasa, nega ayrim oliy ta’lim muassasalarida talabalarning röyxatdan ötişi qat’iy nazorat qilinmoqda? Darsdan çiqariş haqidagi körsatmalar kim tomonidan berilgan?
Mas’ullar “Prezident qarori çiqadi” degan vajlar bilan talabalarni majburlaş örniga, ilovaning asl maqsadi, afzalliklari va şaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi haqida ularga oddiy va tuşunarli tarzda ma’lumot bera olmaydimi? Nega talabaning öz huquqlari va xavfsizligi yuzasidan bergan savoli qarşilik sifatida qabul qilinişi kerak?
Axir, talaba şunçaki topşiriqni bajaradigan yoki hisobotdagi raqamni töldiradigan vosita emas. U ham öz fikri, savollari va huquqlariga ega şaxs. Nega talabalar bilan teng huquqli inson sifatida muloqot qiliş, ularning xavotirlarini eşitiş va asosli javob beriş örniga, majburlaş yöli tanlanmoqda? Talabaning xavfsizligi uçun yaratilgan ilova nega uning özida xavotir uyğotişi kerak?

“Avlod Media” mazkur holatlar yuzasidan mas’ul taşkilotlar va oliy ta’lim muassasalarining rasmiy izohlarini yoritişga tayyor.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari