12:43, Noyabr 9, 2026
/
200

Bitiruvçilar işsizligiga ularning bilimsizligi sababçimi?

Özbekistonda iş beruvçilarning 86,8 foizi oliy ta’lim muassasalari bitiruvçilarining tayyorgarligidan qoniqiş bildirgan. Texnikum bitiruvçilari böyiça esa bu körsatkiç 65,1 foizni taşkil etgan. Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi Umummilliy iş beruvçilar sörovnomasi natijalarini e’lon qildi.

Sörovnomada mamlakatning 14 ta hududidan 3 775 nafar iş beruvçi iştirok etdi. Ular 169 ta oliygoh va 591 ta texnikum bitiruvçilarining kasbiy tayyorgarligini baholagan.

Natijalarga köra, iş beruvçilarning 86,8 foizi oliygoh bitiruvçilari tayyorgarligidan qoniqiş bildirgan. Şu bilan birga, iş beruvçilarning 40,7 foizi oliygoh bitiruvçilarining, 53,7 foizi esa texnikum bitiruvçilarining amaliy tayyorgarligini kuçaytiriş zarurligini ta’kidlagan.

Ayni paytda iş beruvçilarning 45,2 foizi tegişli oliy ta’lim muassasasi bilan doimiy hamkorlik aloqalari yöqligini bildirgan.

Iş beruvçilar uçun diplomdan ham muhimroq jihatlar bor

Sörovnoma davomida iş beruvçilardan yangi xodimlarni işga qabul qilişda qaysi könikmalarga köproq e’tibor berişi ham söralgan.

Natijalarga köra, mas’uliyat va intizom eng muhim kompetensiyalar qatorida qayd etilgan. Uşbu jihatni oliygoh bitiruvçilarini baholagan iş beruvçilarning 55,6 foizi, texnikum bitiruvçilarini baholaganlarning esa 59 foizi alohida körsatgan.

Iş beruvçilarning fikriça, yaqin 3-5 yilda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, yangi uskunalarni tez özlaştiriş va kreativ fikrlaş könikmalariga talab ortişi kutilmoqda.

Unda bitiruvçilar nega iş topolmayapti?

Avvalroq Ta’lim va ilm-fan vazirligining 6-noyabrdagi yiğilişida 2026-yilda davlat oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan 13,8 ming nafar bitiruvçi işsiz ekani ma’lum qilingan edi.

İşsiz bitiruvçilar muammosi muhokama qilinganda, köp hollarda ularning bilim va amaliy könikmalari mehnat bozori talablariga mos kelmasligi tilga olinadi.

Biroq yangi sörovnoma natijalari muammoni faqat şu omil bilan izohlaş yetarli emasligini körsatmoqda.

Xususan, iş örinlari mavjudligi, iş beruvçilar va universitetlar örtasidagi hamkorlik, mutaxassisliklarga bölgan talab hamda bitiruvçilarning amaliy tajribasi kabi masalalar ham alohida örgani­lişi kerak.

Bunda bir jihatni inobatga oliş lozim: 86,8 foizlik qoniqiş körsatkiçi bitiruvçilar işsizligining asosiy sababi ularning bilimi emasligini öz-özidan isbotlamaydi. Sörovnoma iş beruvçilarning tayyorgarlik haqidagi fikrini aks ettiradi, işsizlik sabablarini esa alohida tahlil qiliş zarur.

Agentlik ma’lumotiga köra, sörovnoma natijalari asosida ta’lim dasturlarini takomillaştiriş, iş beruvçilar bilan hamkorlikni kengaytiriş, dual ta’lim va amaliy tayyorgarlikni rivojlantiriş yuzasidan takliflar işlab çiqiladi.

Batafsil tahliliy hisobot esa keyinroq e’lon qilinişi kutilmoqda.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari