08:10, Noyabr 10, 2026
/
215

Irrigatsiya universitetida yangi ta’lim yönalişlari oçiladi

“Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida Markaziy Osiyo davlatlari va Afğoniston uçun suv xöjaligi böyiça yangi bakalavriat va magistratura dasturlari işga tuşiriladi. Şuningdek, universitet faoliyati transformatsiya qilinib, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarga sun’iy intellekt texnologiyalari keng joriy etiladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni Özbekistonning Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raisligi davrida amalga oşiriladigan loyihalar taqdimoti bilan tanişdi. Unda universitet faoliyatini rivojlantiriş va zamonaviy mutaxassislarni tayyorlaşga oid vazifalar ham muhokama qilindi.

Rejaga köra, universitet Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi taşabbuslarini amalga oşirişda ilmiy-tahliliy platforma vazifasini bajaradi.

Ta’lim va tadqiqot jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş jadallaştiriladi. Ekologik tiklaniş, suv tejamkorligi va suv resurslaridan samarali foydalanış böyiça ilmiy izlanışlar kengaytiriladi.

Şu bilan birga, Amudaryo va Sirdaryo havzalariga oid ma’lumotlarning yagona bazasi yaratiladi. Çöllanişga qarşi kuraşiş böyiça mintaqa olimlari bilan qöşma loyihalar işlab çiqilib, ularni moliyalaştiriş uçun investitsiya va grant mablağlari jalb etiladi.

Yangi bakalavriat va magistratura dasturlari Markaziy Osiyo hamda Afğoniston uçun suv xöjaligi sohasida malakali mutaxassislar tayyorlaşga qaratiladi.

Hozirça mazkur dasturlarga qabul qaçondan boşlanişi, ajratiladigan kvotalar va ta’lim şartlari haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot örnida, Özbekiston 2027-2029-yillarda Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qiladi. Uşbu davrda amalga oşiriş uçun umumiy qiymati 3,3 milliard dollar bölgan 133 ta loyiha işlab çiqilgan.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari