09:09, Noyabr 11, 2026
/
249

Shafqatsiz “hazil”: Talabalar guruhdoshini kal qildi

Bratsk tibbiyot kollejida talabalar guruhdoşini hojatxonaga olib kirib, soçini majburan kalga olgani aytilmoqda. Hodisa videoga tuşirilgan.

Jabrlanuvçining onasi Anastasiya Bikovaning mahalliy OAVga aytişiça, voqea 9-noyabr kuni kollej hojatxonasida sodir bölgan. Uning öğli Boris bir guruh talabalar tomonidan majburan soçi oldirilgan. Videoda yigit kulib turgan bölsa-da, onasining aytişiça, u yiğlab yubormaslik uçun kulişga harakat qilgan. Bikovaning ta’kidlaşiça, bu kollejda birinçi şunday holat emas. Uning sözlariga köra, kamida uç nafar talabaning soçi majburan olingan.

Jabrlanuvçining onasi öğli bu işga özi rozi bölgan degan iddaolarni rad etmoqda. Uning aytişiça, ayrimlar Borisni guruhga qöşilişga intilgan va bunday “marosim”ga öz roziligi bilan qatnaşgan qilib körsatişga urinmoqda. “20 kişi hojatxonaga kirib, kimnidir kalga oladi, videoga tuşiradi va kuladi”, deya vaziyatga munosabat bildirgan Bikova.

Kollej ma’muriyati hodisada iştirok etgan talabalar içki nazoratga olingani va ular bilan tarbiyaviy işlar olib borilayotganini ma’lum qilgan. Bikova esa holat yuzasidan politsiya, voyaga yetmaganlar bilan işlovçi bölim va prokuraturaga murojaat qilgan. Şuningdek, u kollejdagi boşqa ehtimoliy zöravonlik holatlarini ham aniqlaşga urinmoqda.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari