08:24, Noyabr 12, 2026
/
236

Ayrim diplomli bitiruvçilarga davlat xizmatida çeklovlar qöyilmoqda

Xitoyning öndan ortiq hududida xorijiy universitetlarni tamomlagan bitiruvçilar uçun ayrim davlat lavozimlariga kiriş imkoniyatlari çeklanmoqda. 2027-yilgi maxsus kadrlar tanlovi doirasida mamlakat içidagi oliygohlar bitiruvçilariga ustunlik berilmoqda.

South Çina Morning Post naşri xabariga köra, Pekin va Şanxayni ham öz içiga olgan öndan ortiq hududda 2027-yil uçun davlat boşqaruvi kadrlarini saralaş dasturlarida xorijiy oliygohlar bitiruvçilariga ayrim imkoniyatlar taqdim etilmagan.

Gap Xitoyda “xuandiaoşeng” deb ataladigan maxsus dastur haqida bormoqda. U universitetlarning iqtidorli bitiruvçilarini davlat boşqaruvi tizimida faoliyat yuritişga tayyorlaşga qaratilgan. Dasturga qabul qilingan yoş mutaxassislar dastlab mahalliy boşqaruv organlarida tajriba orttiradi. Keyinçalik ular yuqori davlat lavozimlariga nomzod sifatida körib çiqilişi mumkin.

Xorijiy diplomning qadri pasayyaptimi?

Avvalgi yillarda Xitoyning ayrim hududlari nufuzli xorijiy universitetlar bitiruvçilarini ham mazkur dasturga qabul qilgan. Biroq 2025-yildan boşlab bunday imkoniyatlar qisqarib, ayniqsa, 2027-yilgi tanlovlarda mahalliy oliygohlar bitiruvçilariga köproq e’tibor qaratilişi kutilmoqda.

Times Higher Education naşriga köra, Şeffield Hallam universiteti professori Ming Çeng xorijda ta’lim oliş Xitoyda avvalgidek yuqori daromadli iş va muvaffaqiyatli karyerani kafolatlamayotganini ta’kidlagan.

Mutaxassislar bu tendensiyani mamlakatdagi mehnat bozorida raqobat kuçayib borayotgani bilan ham boğlamoqda.

Barça davlat işlariga çeklov qöyildimi?

Yöq. Mazkur özgariş xorijiy diplomga ega bölgan barça bitiruvçilarning Xitoy davlat xizmatida işlaşi taqiqlanganini anglatmaydi.
Çeklovlar, asosan, davlat boşqaruvi uçun istiqbolli kadrlarni saralaşga möljallangan ayrim maxsus dasturlarga tegişli.

Masalan, Pekinning 2027-yilgi rasmiy qabul e’lonida 472 nafar nomzodni maxsus davlat boşqaruvi dasturiga, yana 278 nafarini esa “Youpei” nomli alohida kadrlar tayyorlaş dasturiga qabul qiliş rejalaştirilgan. Ikkinçi dasturda belgilangan talablarga javob beradigan, dunyoning eng yaxşi 100 ta xorijiy universitetidan birida magistratura bosqiçini tamomlagan ayrim nomzodlar uçun ham imkoniyat saqlangan.

Demak, gap xorijiy diplomni butunlay tan olmaslik haqida emas, balki ayrim nufuzli davlat lavozimlariga nomzodlarni tanlaş mezonlari özgarayotgani haqida ketmoqda.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari