Oddiy universitet talabalari harbiy institutlarda öqişini davom ettirişi mumkin

Özbekistonda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining harbiy institutlarda öqişni davom ettiriş tartibini yangilaş taklif etilmoqda. Loyihaga köra, tegişli yönalişlarda ikkinçi kursni tamomlagan talabalar maxsus saralaş va kiriş imtihonlari orqali harbiy institutlarga qabul qilinişi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-noyabrda e’lon qilingan qaror loyihasiga köra, Özbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tizimidagi Quruqlikdagi qöşinlar instituti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti hamda Harbiy tibbiyot institutiga talabalarni saralaş va qabul qiliş tartibi qayta belgilanmoqda.
Qaysi talabalar harbiy institutlarda öqişni davom ettirişi mumkin?
Loyihaga muvofiq, davlat va nodavlat oliygohlarining harbiy institutlardagi mutaxassisliklarga turdoş ta’lim yönalişlarida ikkinçi bosqiçni tamomlagan talabalar tegişli harbiy institutlarga kiriş uçun hujjat topşirişi mumkin. Ya’ni universitetning ikkinçi kursini tugatgan talaba öz yönalişi harbiy institutdagi mutaxassislikka mos kelsa, maxsus qabul jarayonida qatnaşiş imkoniyatiga ega böladi.
Biroq bu istalgan yönalişda tahsil olayotgan talaba harbiy institutga ötişi mumkinligini anglatmaydi. Nomzodning mutaxassisligi tegişli harbiy ta’lim yönalişiga turdoş bölişi va u belgilangan qabul talablariga javob berişi kerak.
Tibbiyot talabalari uçun esa alohida şartlar belgilangan. Jumladan, davlat va nodavlat tibbiyot oliygohlarining davolaş fakulteti beşinçi bosqiçini hamda tibbiy-profilaktika fakulteti törtinçi bosqiçini tamomlagan talabalar Harbiy tibbiyot institutiga öqişga kiriş uçun nomzod bölişi mumkin.
Avvalgi tartib qanday edi?
Aslida, oddiy universitetlardan harbiy ta’lim muassasalariga maxsus saralaş orqali kiriş imkoniyati avval ham mavjud edi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarorining 2026-yil 16-apreldagi tahririga köra:
Psixologiya va pedagogika yönalişlari – ikkinçi bosqiçni tamomlagan talabalar Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining “Psixologiya (harbiy psixologiya)” yönalişiga;
Muhandislik-texnik yönalişlari – ikkinçi bosqiçni tamomlagan talabalar Harbiy aloqa institutiga;
Tibbiyot yönalişlari – davolaş fakultetining beşinçi va tibbiy-profilaktika fakultetining törtinçi bosqiçini tamomlagan talabalar Harbiy tibbiyot institutiga kiriş uçun saralaşda qatnaşişi mumkin edi.
Demak, ikkinçi kursni tamomlagan talabalarning harbiy ta’lim muassasalariga kiriş imkoniyati yangilik emas.
Endi nima özgarmoqda?
Yangi loyihada uşbu tartibga bir qator özgartirişlar kiritiş taklif etilmoqda.
Birinçidan, Quruqlikdagi qöşinlar instituti oddiy universitet talabalari maxsus saralaş asosida öqişga kirişi mumkin bölgan muassasalar qatorida aniq körsatilmoqda.
Ikkinçidan, amaldagi nizomda psixologiya, pedagogika va muhandislik-texnik yönalişlari alohida sanab ötilgan bölsa, yangi loyihada “turdoş ta’lim yönalişlari” degan umumiy tuşunça qöllanmoqda.
Bu tegişli harbiy institutga mos yönalişlar böyiça nomzodlarni saralaşni nazarda tutadi. Biroq hujjatda barça turdoş yönalişlarning aniq röyxati keltirilmagan. Şuningdek, avvalgi nizomda alohida körsatilgan “Psixologiya (harbiy psixologiya)” yönalişi yangi loyihaning mazkur bandida alohida tilga olinmagan. Bu yönalişga qabul butunlay bekor qilinadi, degan xulosani esa loyihaning özidan çiqarib bölmaydi.
Uçinçidan, yangi hujjatda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari alohida qayd etilmoqda. Avvalgi nizomda oliy ta’lim muassasalari umumiy nom bilan keltirilgan edi.
Tibbiyot talabalariga qöyilgan beşinçi va törtinçi bosqiç talablari esa mazmunan saqlanmoqda.
Harbiy institutga kiriş uçun nima qiliş kerak?
Loyihaga köra, harbiy institutda öqişni davom ettirişni istagan talaba dastlab özi tahsil olayotgan universitet rektori nomiga ariza yozadi. Universitet mazkur arizani ikki kun içida tegişli hududdagi mudofaa işlari bölimiga yuborişi belgilangan.
Harbiy oliy ta’lim muassasalariga kiriş uçun dastlabki arizalar har yili 1-fevraldan 31-martgaça qabul qilinişi nazarda tutilgan. Uşbu muddat amaldagi nizomda ham mavjud. Nomzodlar tegişli saralaşdan ötadi. Bunda ularning hujjatlari, psixologik xususiyatlari, jismoniy tayyorgarligi va soğliği baholanadi.
Bundan taşqari, Quruqlikdagi qöşinlar instituti, Harbiy aloqa instituti va Harbiy tibbiyot institutida öqişni davom ettiriş istagidagi talabalar beşta fandan test sinovi topşiradi. Beş fandan imtihon topşiriş talabi ham avvaldan mavjud. Yangi loyihada uşbu fanlar majmuasini tegişli institutlar tasdiqlaşi va qabul yilidan oldingi yilning 1-dekabriga qadar Bilimni baholaş agentligiga taqdim etişi belgilangan.
Amaldagi tartibda esa tegişli fanlar majmuasini har yili fevral oyi yakuniga qadar tasdiqlanadi.
Test natijalari teng bölib qolsa-çi?
Loyihaga köra, harbiy institutlarda öqişni davom ettiriş uçun hujjat topşirgan talabalarning ötiş reyting ballari teng bölib qolsa, dastlab birinçi ikkita fandan yuqoriroq natija körsatgan nomzodga ustunlik beriladi.
Agar uşbu fanlardan ham natijalar teng bölsa, talabaning avvalgi universitetda öqiş davomida olgan baholari, ya’ni bilimlarni özlaştiriş darajasi hisobga olinadi. Bu qoida ham amaldagi nizomda mavjud bölib, yangi loyihada saqlanmoqda.
Bu oddiy “perevod” hisoblanadimi?
Yöq. Bu odatiy öqişni köçiriş emas, balki harbiy institutga maxsus saralaş asosida kiriş tartibi hisoblanadi.
Loyihaning 117-bandida oddiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar öqişini harbiy oliy ta’lim muassasalariga köçirişga ruxsat etilmasligi belgilangan. Bunday çeklov amaldagi nizomda ham mavjud.
Şu sababli talaba universitetning ikkinçi kursini tamomlagani uçungina harbiy institutga avtomatik ötkazilmaydi. U maxsus qabul jarayonida qatnaşib, belgilangan saralaş va imtihonlardan muvaffaqiyatli ötişi kerak.
Xulosa qilib aytganda, oddiy universitet talabalari uçun harbiy institutlarda öqişni davom ettiriş imkoniyati avvaldan mavjud. Yangi loyiha esa mazkur tartibda qatnaşadigan harbiy institutlar, turdoş ta’lim yönalişlari va saralaş jarayonining ayrim şartlarini qayta belgilaşni nazarda tutmoqda.
Hujjat hozirça loyiha maqomida bölib, yakuniy qaror qabul qilingunga qadar undagi takliflar özgartirilişi mumkin.
Ra’no Nusratilloyeva