IIV Akademiyasiga qabul boşlandi: Jismoniy tayyorgarliksiz ham talaba böliş mumkinmi?

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi bakalavriat ta’lim şakliga 2027/2028-öquv yili uçun hujjatlar qabuli boşlandi. Nomzodlar 2027-yil 15-fevralga qadar ariza topşirişi mumkin.
Amaldagi qabul tartibiga köra, IIV Akademiyasiga hujjatlar har yili 15-noyabrdan keyingi yilning 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.
Kimlar hujjat topşirişi mumkin?
Akademiyaning kunduzgi bakalavriatiga quyidagi talablarga javob beruvçi nomzodlar qabul qilinadi:
➖Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölişi;
➖17 yoşdan kiçik va 25 yoşdan katta bölmasligi (qabul yilida 17 yoşga töladiganlar hamda 25 yoşdagilar ham);
➖Umumiy örta, örta maxsus yoki professional ma’lumotga ega bölişi.
Nomzodlar hujjatlarini doimiy yaşaş joyidagi hududiy içki işlar organlariga topşiradi. Içki işlar organlari xodimlari esa xizmat joyi orqali murojaat qiladi.
Qabul qanday bosqiçlarda ötkaziladi?
Akademiyaga öqişga qabul qiliş tanlov asosida uç bosqiçda amalga oşiriladi:
1. Dastlabki tanlov – hujjatlarni örganiş va nomzodning soğliği böyiça yaroqliligini aniqlaş.
2. Maxsus kasbiy tanlov – yozma iş, jismoniy tayyorgarlik va çet tilini biliş darajasini baholaş.
3. Yakka tartibdagi suhbat – huquqşunoslik, Özbekiston tarixi va tarbiya fanlari böyiça bilimlarni tekşiriş.
Ayrim mutaxassisliklarda qöşimça sinovlar ham belgilangan.
Umumfuqaroviy ta’lim yönalişlariga qabul qaçon boşlanadi?
Ma’lumot örnida, avvalroq Içki işlar vazirligi 2027/2028-öquv yilidan Akademiyada umumfuqaroviy ta’lim yönalişi ham oçilişini e’lon qilgan edi.
Uşbu yönalişlarga qabul tölov-kontrakt va super-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Katta ehtimol bilan uşbu yönalişga qabulda jismoniy tayyorgarlik talab qilinmaydi. Hozirda tegişli qabul tartibi, yoş çegarasi va imtihon fanlari işlab çiqilmoqda.
Akademiya qabul komissiyasining “Avlod Media”ga ma’lum qilişiça, umumfuqaroviy ta’lim yönalişlariga qabul tartibi 2027-yil yanvar oyida aniq böladi.
Mazkur yönalişlarga qabul böyiça yangi tafsilotlar e’lon qilinişi bilan öquvçilarimizni xabardor qilamiz.
Ra’no Nusratilloyeva