15:07, Noyabr 16, 2026
/
205

Ğoyangiz bormi? Uni amalga oşiriş xarajatlarini “Ziyo Forum” qoplaydi

Talabalar öz innovatsion ğoyalarini ekspertlar va keng auditoriya oldida taqdim etiş imkoniyatiga ega. 26-noyabr kuni Toşkentdagi Humo Arena majmuasida ĞoyaLab loyihasining ikkinçi mavsumi bölib ötadi.

ĞoyaLab – talabalarga öz ğoyalarini taqdim etiş, mutaxassislardan maslahat oliş va loyihalarini amaliyotga tatbiq etiş imkoniyatini yaratuvçi oçiq pitching maydoni. Tanlovda bakalavriat, magistratura va PhD bosqiçida tahsil olayotgan barcha talabalar iştirok etişi mumkin. Iştirokçilar uçun yoş çegarasi belgilanmagan.

Tanlov quyidagi 5 ta yönaliş böyiça ötkaziladi:

  • Ilm-fan va ta’lim;
  • IT va innovatsiyalar;
  • Madaniyat va san’at;
  • Media va tadbirlar;
  • Ekologiya.

Tanlov şartlariga köra, har bir iştirokçiga öz ğoyasini taqdim etiş uçun 3 daqiqa, ekspertlarning savollariga javob beriş uçun esa qöşimça 2 daqiqa vaqt ajratiladi.

Ğolib loyiha töliq qöllab-quvvatlanadi

Tanlovning eng yuqori mukofoti – Ziyo Grand Prix. Ushbu mukofotni qölga kiritgan ğoya Ilm fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi tomonidan töliq qöllab-quvvatlanadi va uni real hayotga tatbiq etiş imkoniyati yaratiladi.

ĞoyaLab faqat ğoliblarni aniqlovçi tanlov emas. Iştirokçilar mentorlar bilan işlaş, yangi hamkorlar topiş, tajriba orttiriş va öz loyihalarini rivojlantiriş imkoniyatiga ham ega böladi.

Arizalar 22-noyabrgaça qabul qilinadi. Tanlovda iştirok etişni istagan talabalar uşbu havola orqali röyxatdan ötişlari mumkin.

Tadbir 2026-yil 26-noyabr kuni Toşkent şahridagi Humo Arena majmuasida bölib ötadi.

Röyxatdan ötiş👈

Röyxatdan ötiş👈

Fikrlar (0)
Avval yangilari