Özbekistonda 9,6 milliondan ortiq aholi ta’lim olmoqda

Yaqinda Milliy statistika qömitasida ötkazilgan matbuot anjumanida aholining ta’lim darajasiga oid ma’lumotlar e’lon qilindi.
Röyxatga oliş natijalariga köra, mamlakatda 7 yoş va undan katta 9 million 615,9 ming nafar aholi turli ta’lim taşkilotlarida tahsil olmoqda.
Ularning:
4 million 950,7 ming nafari (51,5 foiz) – erkaklar;
4 million 665,2 ming nafari (48,5 foiz) – ayollar.
Oliy ta’lim taşkilotlarida esa 1 million 725,9 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 49 foizini ayollar taşkil etadi.
Özbekistonda qança aholi oliy ma’lumotga ega?
Röyxatga oliş natijalariga köra, 15 yoş va undan katta aholining:
3 million 271,1 ming nafari (12 foiz) oliy yoki oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega;
9 million 737,2 ming nafari (35,8 foiz) örta maxsus va professional ma’lumotli;
11 million 626,5 ming nafari (42,8 foiz) umumiy örta ma’lumotga ega.
Demak, Özbekistonda 15 yoş va undan katta har 1 000 kişining 120 nafari oliy yoki oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Yana 358 nafari örta maxsus va professional, 428 nafari esa umumiy örta ma’lumotli hisoblanadi.
Ra’no Nusratilloyeva