09:23, Noyabr 17, 2026
/
169

Ğarbdagi talabalar hayotida nima gap?

AQŞ va Avstraliyadagi universitetlarda talabalar bilan boğliq ikki hodisa yuz berdi. Birida begona erkak yotoqxonaga kirib, talabaga hujum qilgan bölsa, ikkinçisida texnik nosozlik sabab ayrim talabalar yakuniy imtihonlarni topşira olmagan.

AQŞda begona erkak yotoqxonaga kirib, talabaga hujum qildi
ABC7 Çicago xabariga köra, 15-noyabr kuni AQŞning Illinoys ştati Evanston şahridagi Northwestern University universitetining Elder Hall yotoqxonasiga universitetga aloqasi bölmagan erkak kirgan. Politsiya ma’lumotiga köra, u Şeridan Road yaqinidagi binoga oçiq eşik orqali kirib, boşqa kişilarning ortidan ergaşgan holda kiriş nazorati mavjud bölgan ikkita bosqiçdan ham ötgan. Şundan söng yotoqxona aholisidan birining ortidan xonasigaça borib, talabani böğzidan uşlagan. Jabrlanuvçi yölakdagi boşqa talabalar yordamida hujum qilgan şaxsdan qoçgan. U şifoxonaga olib borilgan va tibbiy körikdan söng uyiga çiqarilgan.
Politsiya gumonlanuvçini yotoqxona xonalaridan birida aniqlab, hibsga olgan. Unga mulkka noqonuniy kiriş va oğirlaştiruvçi holatdagi tajovuz bilan boğliq ayblovlar qöyilgan.

Yotoqxonada yaşovçi talabalardan biri Xyanna Uolton voqea özi yaşaydigan qavatda sodir bölgani sababli xavotirga tuşganini aytgan. Uning ta’kidlaşiça, talabalar köpinça binoga kirayotgan notaniş kişilarni ham şu yerda yaşovçi deb öylab, eşikni oçib yuborişadi. Yana bir talaba Xanna Yi hodisadan keyin universitet hududida xavfsizlik xodimlari soni oşirilganini bildirgan. Universitet ma’muriyati kampus jamoatçiligiga nisbatan davom etayotgan xavf mavjud emasligini ma’lum qilgan.

Avstraliyada texnik nosozlik sabab imtihonlar bekor qilindi
The Guardian xabariga köra, Avstraliyaning University of Melbourne universitetida 16-noyabr kuni raqamli imtihon tizimidagi nosozlik sabab ayrim talabalar yakuniy imtihonlarni topşira olmagan. Imtihonlar Melbourne şahridagi Royal Exhibition Building binosida ötkazilgan. Birinçi bosqiç talabalaridan biri Jol Skobining aytişiça, Avstraliya siyosati fanidan imtihon topşirayotganlarning taxminan yarmi raqamli tizimga kira olgan. Qolgan talabalar esa tizim işlaşini qariyb 50 daqiqa kutganidan söng binoni tark etişga majbur bölgan.

Mazkur imtihonda talabalar ikki soat içida har biri 1 000 sözdan iborat ikkita esse yozişi kerak edi. Universitet vakili 11 va 16-noyabr kunlari texnik nosozlik sabab ayrim imtihonlar bekor qilinganini tasdiqlagan. Dastlabki baholaşga köra, muammo raqamli imtihonlarni taşkil etuvçi uçinçi tomon texnik hamkorlari bilan boğliq bölişi mumkin. Universitet bekor qilingan imtihonlar örniga muqobil tartib işlab çiqqan va qayta imtihonni 17-noyabr oqşomiga belgilagan. Biroq yangi sana ayrim talabalarning rejalariga ta’sir qilgan. Talaba Çarlotte Wickham imtihonning köçirilişi Tasmaniya oroliga rejalaştirgan safarini özgartirişiga sabab bölişi mumkinligini aytgan. Uning ta’kidlaşiça, aviaçiptalarni qisqa muddatda almaştiriş qöşimça xarajat talab qiladi.

Universitet texnik nosozlikdan ta’sirlangan talabalarni muqobil imtihon tartibi haqida xabardor qilişini bildirgan. Muammo sabab imtihon topşira olmagan talabalar soni böyiça esa aniq raqam e’lon qilinmagan.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari