“Yangi hayot” yoxud ba’zi toifadagi yoşlarning oliy ta’limga kirişi uçun imkoniyat yaratiladi

Özbekistonda 2027/2028-öquv yilidan boshlab jazoni ijro etiş muassasalaridagi mahkumlarga oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga kiriş va masofaviy şaklda tölov-kontrakt asosida tahsil oliş imkoniyati yaratiladi.
Prezidentning 2026-yil 16-noyabrdagi PQ–397-son qarori bilan jazoni ijro etiş muassasalarida mahkumlarni ozodlikka tayyorlaş, ularning kasb egallaşi va jamiyatga moslaşuvini ta’minlaşga qaratilgan yangi çora-tadbirlar belgilandi.
Xususan, “Yangi hayot” dasturi doirasida öqişga qabul qilingan mahkumlarning masofaviy ta’lim olişi uçun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalar ajratiladi.
Şuningdek, 2027/2028-öquv yiliga qadar jazoni ijro etiş muassasalarida 310 ta öquv va 420 ta amaliy maşğulotlar xonasi taşkil etilişi rejaläştirilgan.
2030-yilgacha mehnat bozorida talab yuqori bölgan kamida 50 ta kasb böyiça öquv dasturlari joriy etiladi. Har yili 15-20 ming nafar mahkumni kasbga öqitiş orqali takroriy jinoyatçilik darajasini 30 foizga qisqartiriş maqsad qilingan.
Yoş mahkumlar ham rağbatlantiriladi
Qarorga muvofiq, yoş mahkumlar orasidan saylov asosida yoşlar faollari tanlanadi. Ular har çorakda bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravari miqdorida rağbatlantiriladi.
Bundan taşqari, barça koloniyalardagi mahkumlar örtasida masofaviy şaklda “Yoş kitobxon” tanlovi ötkaziladi. Koloniyalar kutubxonalarida esa “Mutolaa” platformasidan foydalanış imkoniyati yaratiladi.
Mazkur çora-tadbirlar mahkumlarning bilim va kasbiy könikmalarini oşiriş, ularni ozodlikka çiqqandan keyingi hayotga tayyorlaş hamda jamiyatga qayta moslaşuviga kömaklaşişga qaratilgan.
Ra’no Nusratilloyeva