13:08, Noyabr 17, 2026
/
674

Huquqşunoslik fanidan milliy sertifikat uçun namunaviy testlar e’lon qilindi

2026/2027-öquv yilidan huquqşunoslik fanidan milliy sertifikat imtihonlari ötkaziladi. Bilimni baholaş agentligi talabgorlar uçun test spetsifikatsiyasi va namunaviy savollarni taqdim etdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-son Farmoniga muvofiq, 2026/2027-öquv yilidan boşlab huquqşunoslik fanidan milliy sertifikat imtihoni joriy etiladi.
Mazkur imtihonga tayyorgarlik körayotgan talabgorlar uçun Bilimni baholaş agentligi test varianti tafsilotini (spetsifikatsiyasini) işlab çiqdi. Hujjat Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Test savollari qaysi manbalar asosida tuziladi?
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga köra, imtihon topşiriqlari umumiy örta ta’lim öquv dasturlari, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida şakllantiriladi.
Test spetsifikatsiyasida imtihon doirasida foydalaniladigan qonunçilik hujjatlari röyxati ham keltirilgan. Biroq barça hujjatlardagi normalar emas, balki huquqşunoslik fanlari öquv dasturiga kiritilgan mavzularga tegişli qoidalar asos qilib olinadi.

Namunaviy testlar ham tayyorlangan
Agentlik ma’lumotiga köra, spetsifikatsiya asosida şakllantirilgan test topşiriqlari mamlakatning barça hududlarida ikki marta aprobatsiyadan ötkazilgan. Şuningdek, talabgorlar imtihon formati va savollar bilan oldindan tanişib çiqişi uçun namunaviy test topşiriqlari tayyorlangan.
Quyidagi havolalar orqali test spetsifikatsiyasi va namunaviy topşiriqlarni köriş mumkin:
– Test varianti tafsiloti (spetsifikatsiya);
– Huquqşunoslik fanidan namunaviy test topşiriqlari.
Şuningdek, mazkur sahifada boşqa umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uçun tayyorlangan namunaviy testlar bilan ham tanişiş mumkin.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari