09:01, Noyabr 18, 2026
/
937

SI orqali köçirişga uringanlar 10 yil imtihondan çetlatiladi

Janubiy Koreya milliy universitetga kiriş imtihoni oldidan sun’iy intellekt yordamida köçiriş holatlarining oldini oliş çoralarini keskin kuçaytirdi. Abituriyentlarning smart közoynaklari tekşiriladi, kiyim tugmalariga yaşirin kameralarni aniqlaş uçun stikerlar yopiştiriladi. SI yordamida köçirişda qölga tuşganlarni imtihonga 10 yilgaça qöymaslik böyiça qonunçilikka özgartiriş kiritilişi rejalaştirilmoqda.

Janubiy Koreyada 19-noyabr kuni mamlakatdagi eng muhim ta’lim sinovlaridan biri – College Scholastic Ability Test (CSAT), ya’ni Suneung ötkaziladi. Bu yil imtihonda 550 mingdan ortiq abituriyent qatnaşişi kutilmoqda. Sakkiz soatgaça davom etadigan mazkur imtihon abituriyentlarning universitetga kiriş imkoniyatini belgilaşda muhim ahamiyatga ega.

Imtihon xavfsizligining kuçaytirilişiga yaqinda milliy soliq buxgalteri imtihonida aniqlangan SI yordamida köçiriş mojarosi sabab böldi. Mazkur imtihonda eng yuqori natijani qayd etgan nomzod savollarni yaşirin kamera orqali tasvirga olib, ularni smartfon va generativ sun’iy intellekt yordamida yeçganini tan olgan. U birinçi bosqiçdagi 160 ta savoldan faqat bittasiga notöğri javob bergan. Mazkur holat Janubiy Koreyada yuqori raqobatga asoslangan imtihon tizimining adolatliligi yuzasidan jiddiy muhokamalarga sabab böldi. Şundan söng hukumat Suneung imtihonida elektron qurilmalardan foydalaniş orqali köçirişning oldini oliş uçun qöşimça çoralarni belgiladi.

Smart közoynaklar ham tekşiriladi
Yangi tartibga köra, imtihon xonalariga mobil telefon, smart közoynak, smart-soat, smart uzuk, simsiz quloqçin, kiçik kamera, kamera örnatilgan yozuv vositalari va boşqa elektron qurilmalarni olib kiriş taqiqlanadi.
Agar abituriyent bunday qurilmalarni imtihon joyiga olib kelişga majbur bölsa, ularni imtihon boşlanişidan oldin öçirib, nazoratçiga topşirişi kerak. Qurilma amalda işlatilmagan bölsa ham, uni yaşirib olib kiriş qoidabuzarlik sifatida baholanadi.

Nazorat jarayonida abituriyentlarning közoynaklari ham alohida tekşiriladi. Imtihon boşlanişidan oldin barça közoynaklar stol ustiga qöyiladi va ularning smart qurilma emasligi nazorat qilinadi. Şuningdek, yaşirin kameralarni aniqlaş maqsadida abituriyentlarning kiyimlaridagi tugmalar ham tekşiriladi. Rasmiylar tugmalarning ustiga maxsus stikerlar yopiştiriş orqali ularga yaşirin kamera örnatilişining oldini olişni közlamoqda.

8 400 nafar qöşimça xodim jalb qilinadi
Imtihon xavfsizligini ta’minlaş uçun mamlakat böylab 8 400 nafar qöşimça xodim jalb etiladi. Ular mavjud qariyb 75 ming nafar nazoratçiga qöşiladi. Qöşimça xodimlarning 1 800 nafari elektron va smart qurilmalarni aniqlaşga ixtisoslaşadi. Yana 6 600 nafar xodim imtihon xonalari taşqarisida, jumladan, abituriyentlarning sumkalari saqlanadigan hududlarda nazorat olib boradi. Çoralar mamlakatdagi 1 312 ta imtihon markazini qamrab oladi. Bundan taşqari, imtihon boşlanişidan oldin mobil telefonlar böyiça favqulodda ogohlantiriş yuborilişi rejalaştirilgan.

Signal telefon ovozsiz holatda bölsa ham eşitiladigan tarzda işlaşi va imtihon binosida yaşirib qoldirilgan qurilmalarni aniqlaşga yordam berişi kutilmoqda. Rasmiylar, şuningdek, test savollarining suratga olinib, Wi-Fi yoki boşqa aloqa kanallari orqali taşqaridagi SI xizmatlariga yuborilişi ehtimolini ham hisobga olmoqda. Zarur holatlarda sun’iy intellekt kompaniyalari bilan hamkorlikda texnik tekşiruvlar ötkazilişi mumkin.

SI orqali köçiriş uçun 10 yilgaça imtihon taqiqi
18-noyabr kuni Janubiy Koreya hukumati va hukmron Demokratik partiya SI yordamida köçiriş uçun Suneung imtihonini topşiriş huquqidan 10 yilgaça mahrum qilişni nazarda tutuvçi qonunçilikka özgartiriş kiritişni kelişib oldi. Tomonlar Oliy ta’lim töğrisidagi qonunga tegişli özgartiriş kiritişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, yangi jazoni 2026-yilgi imtihondan boşlab qöllaş imkoniyati ham körib çiqilmoqda.

Hukumatning 17-noyabrdagi bayonotida esa köçirişda qölga tuşgan şaxslarni Suneung imtihonini 10 yilgaça qayta topşirişdan çeklaş, şuningdek, ayrim oğir holatlarda jinoiy javobgarlik çoralarini qöllaş rejalaştirilgani ma’lum qilingan. Agar qoidabuzarlik imtihondan keyin aniqlansa ham, tekşiruv davom ettiriladi. Köçiriş orqali universitetga kirgani aniqlangan şaxslarning qabul natijasi bekor qilinişi, universitetda öqişni boşlab yuborgan bölsa, talabalikdan çetlatilişi mumkin.

SI imtihon tizimi oldidagi yangi muammoga aylandi
Janubiy Koreyada SI yordamida köçiriş holatlari faqat milliy imtihonlar bilan çeklanmayapti. Joriy yilda ayrim maktab öquvçilari ham SI funksiyalariga ega közoynaklardan foydalanib imtihonda köçirişga uringani aniqlangan. Ayrim universitetga qabul imtihonlarida ham şunga öxşaş qurilmalar bilan boğliq holatlar qayd etilgan.

Rasmiylar sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanişi imtihonlarda nazorat mexanizmlarini yangilaşni talab qilayotganini ta’kidlamoqda. Şu sababli Janubiy Koreyada masala faqat elektron qurilmalarni taqiqlaş bilan çeklanmay, imtihonlarni baholaş tizimini SI davriga moslaştiriş zarurati yuzasidan ham muhokama qilinmoqda. Janubiy Koreya hukumati Suneung natijalarining işonçliligi va abituriyentlar örtasidagi teng şaroitni saqlaşni asosiy maqsad sifatida belgilagan. Rasmiylar imtihon oldidan nazoratni kuçaytiriş bilan birga, imtihondan keyin aniqlanişi mumkin bölgan qoidabuzarliklarni ham tekşirişini bildirgan.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari