14:34, Noyabr 18, 2026
/
1,1 тыс

Özbekistonlik qizlar AQŞda oçilgan xayriya fondi yordamida bepul ta’lim oladi

AQŞning Virjiniya ştatida Özbekistonning olis hududlarida yaşovçi iqtidorli qizlarning ta’lim olişini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Girls Education Fund” xayriya fondi öz faoliyatini boşladi.

“Dunyo” axborot agentligi xabariga köra, fond AQŞda istiqomat qilayotgan vatandoşlar – Farhod va Sevara Sulton hamda özbek diasporasi vakillari taşabbusi bilan taşkil etilgan. Loyihaning asosiy maqsadi çekka hududlardagi qizlarga ingliz tili va matematikadan bepul ta’lim beriş, ularni universitetlarga kirişga tayyorlaş va kelgusidagi kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaşdan iborat.

Dastlabki tanlovda 236 nafar qiz iştirok etiş uçun ariza topşirgan. Inşo va suhbat bosqiçlari natijasida mamlakatning 10 ta hududidan 20 nafar qiz saralab olingan. Hozirda ular Özbekistondagi hamkor öquv markazi işlab çiqqan dastur asosida maktab maşğulotlaridan taşqari haftasiga olti kun onlayn tarzda bepul ta’lim olmoqda.

Kelgusida dastur iştirokçilari sonini 500 nafarga yetkaziş rejalaştirilgan. Şuningdek, qizlarning xalqaro ta’lim dasturlarida qatnaşişi va xorijiy universitetlarga öqişga kirişiga kömaklaşiş közda tutilgan. Fond vakillari iqtidorli qizlarni aniqlaş va dasturga jalb qiliş maqsadida tegişli vazirlik, Oila va xotin-qizlar qömitasi, mahalliy hokimliklar hamda maktablar bilan hamkorlik qiliş niyatida.

Fondning oçiliş marosimida dastlabki 20 nafar iştirokçining ta’lim xarajatlarini moliyalaştiriş uçun homiylik mablaği ajratilgani ham ma’lum qilingan.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari