10:45, Noyabr 19, 2026
/
4,1 тыс

Universitetga kiriş imtihonlari bekor böladimi?

Maktabni bitiriş va universitetga kiriş imtihonlari birlaştirilişi mumkin. Taklif etilayotgan yangi tizimga köra, 11-sinfda topşirilgan yagona davlat imtihoni ham attestat oliş, ham oliy ta’lim muassasasiga kiriş uçun asos bölib xizmat qiladi.

Özbekistonda maktab bitiruvçilari uçun yakuniy davlat imtihonlarini ötkaziş tartibini özgartiriş taklif qilinmoqda. Bunda maktabni tamomlaş va oliy ta’limga kiriş uçun topşiriladigan imtihonlarni yagona tizimga birlaştiriş közda tutilgan. Yangi tartibda 9- va 11-sinf öquvçilari uçun alohida davlat imtihonlari joriy etilişi rejalaştirilmoqda.

9-sinfni tamomlayotgan öquvçilar asosiy davlat imtihonini topşiradi. Uning natijalari attestatga kiritiladi va akademik litsey hamda texnikumlarga qabul jarayonida hisobga olinadi. 11-sinf bitiruvçilari esa yagona davlat imtihonidan ötadi. Bu imtihonning asosiy yangiligi şundaki, uning natijalari maktabni tamomlaş bilan çeklanmaydi. Ular oliy ta’lim muassasalariga kirişda ham qöllanişi mumkin. Bunda öquvçilar özlari tanlagan universitet va ta’lim yönalişiga mos fanlardan imtihon topşirişi nazarda tutilgan. Ya’ni bitiruvçi maktabdagi yakuniy imtihon orqali oliy ta’limga kiriş imkoniyatiga ham ega bölişi mumkin.

Yangi tizim qaçondan joriy etiladi?
Taklifga köra, dastlab 2027/2028-öquv yili yakunida Toşkent şahri va Navoiy viloyatida tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. 2028/2029-öquv yili yakunidan boşlab esa tizimni butun respublika böylab tatbiq etiş rejalaştirilgan. Agar taşabbus amalga oşsa, maktabni tamomlaş va universitetga kiriş uçun alohida imtihon topşiriş örniga yagona davlat imtihoni tizimi işlaşi mumkin.

Hozirça bu tartib taklif sifatida ilgari surilgan. Uni amaliyotga joriy etiş böyiça yakuniy qaror qabul qilingani haqida ma’lumot yöq.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari