08:19, Noyabr 20, 2026
/
578

Vodiydagi davlat va nodavlat oliygohlar faoliyati tekşirilmoqda

Namangan, Farğona va Andijon viloyatlaridagi davlat hamda nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati maxsus işçi guruh tomonidan örganilmoqda. Jarayonda universitetlarning litsenziya talablariga rioya etişi, ta’lim sifati, HEMIS tizimi va moddiy-texnik bazasiga alohida e’tibor qaratilişi bildirilgan.

“Nodavlat oliy ta’lim muassasalari” Telegram kanalining 19-noyabrdagi xabariga köra, örganiş işlari 2026-yil 19-25-noyabr kunlari Namangan, Farğona va Andijon viloyatlaridagi oliy ta’lim taşkilotlarida olib borilişi belgilangan. Ma’lumotlarga köra, 35 nafar mutaxassisdan iborat işçi guruhga Abduvali Xoliqov rahbarlik qiladi. Abdusamad Mamanazarov esa guruh rahbarining örinbosari sifatida körsatilgan.

Universitetlarda nimalar tekşiriladi?

Örganiş davomida davlat va nodavlat oliygohlarning öquv jarayonini taşkil etişi, ta’lim dasturlarining akkreditatsiyadan ötganligi, HEMIS elektron tizimining töliq yuritilişi hamda moddiy-texnik imkoniyatlari baholanişi közda tutilgan. Xususan, nodavlat universitetlarning litsenziya talablari va şartlariga rioya etişi alohida örganiladi. Şuningdek, bir talabaga töğri keladigan öquv maydoni, auditoriyalarning dars jadvali asosida bandligi va fanlar böyiça zarur öquv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati ham e’tibordan çetda qolmaydi.

Kanalda e’lon qilingan örganiş savolnomasida oliy ta’lim taşkilotlari faoliyatiga oid 8 ta asosiy yönaliş qamrab olingani bildirilgan. Ular orasida rektor va prorektorlarning KPI körsatkiçlari, professor-öqituvçilar tarkibi, ta’lim sifati va universitetlarning infratuzilmasi ham mavjud.

Tekşiruvlar boşqa viloyatlarda ham ötkaziladimi?

Manbada mazkur amaliyot keyinçalik respublikaning boşqa hududlarida ham ötkazilişi mumkinligi aytilgan. Biroq hozirça bu böyiça rasmiy jadval yoki tegişli davlat organining alohida tasdiği e’lon qilingani aniqlanmadi. Şuningdek, örganişlar natijasida aniqlanişi mumkin bölgan kamçiliklar yuzasidan qanday çoralar körilişi haqida ham ma’lumot berilmagan.

Eslatib ötamiz, nodavlat universitetlarning litsenziya talablari va ta’lim dasturlarining akkreditatsiyadan ötişini nazorat qiliş avvaldan qonunçilikda belgilangan. Jumladan, Prezidentning 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmonida oliy ta’lim taşkilotlarini litsenziyalaş va ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan ötkazişga oid talablar nazarda tutilgan.

Hozirça mazkur örganişlarning yakuniy natijalari e’lon qilinmagan. Lekin bir qator norasmiy manbalarga köra, rektorlar “örnini böşatişi” kutilmoqda.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari