12:03, Noyabr 24, 2026
/
169

Toşkentda narkoguruh foş etildi: qölga olinganlar orasida talabalar ham bor

Toşkent şahrida sintetik giyohvandlik vositalarini internet orqali sotiş bilan şuğullangan jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi. IIV ma’lumotiga köra, gumonlanuvçilar orasida oliy ta’lim muassasalari talabalari ham bor. Ular Telegram va Instagram orqali işga jalb qilinib, olti oy davomida narkotik moddalarni yaşiriş va tarqatiş bilan şuğullangan.

Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda uning hududiy bölinmalari xodimlari tomonidan “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida Toşkent şahrida maxsus tadbirlar ötkazilgan. Natijada mefedron, MDMA va kokain tarqatib kelgan narkoguruh aniqlangan. Dastlab Yangihayot tumanida “Monza” rusumli avtomaşinada “zakladka” usulida sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatayotgan ikki nafar fuqaro qölga olingan. Ularning yon-atrofi közdan keçirilganda 500 gramm mefedron aniqlangan. Tezkor tadbirlar davom ettirilib, gumonlanuvçilarning yaşaş manzilidan yana 500 gramm mefedron, 60 gramm MDMA va kokain, şuningdek, narkotik moddalarni qadoqlaş uçun işlatiladigan 3 ming dona zip-paket, 2 kilogramm plastilin va izolyenta topilgan.

Talabalar internet orqali işga jalb qilingan
Tadbirlar Yakkasaroy tumanida davom ettirilgan. Bu yerda narkotik moddalar yaşirilgan bir neçta geolokatsiyaga kelib, ularni olib ketayotgan olti nafar “zakladçik” qölga olingan. Ulardan biri qanday qilib bu faoliyatga kirib qolgani haqida videoda sözlab bergan. Uning aytişiça, u Telegram va Instagram orqali işga kirgan. Vazifasi oldindan belgilangan manzillardan narkotik moddalarni olib, boşqa joylarga tarqatiş bölgan. Tezkor suriştiruvlar davomida “zakladçik”larga narko-dökon kuratori tomonidan yana 1 kilogramm mefedron yaşirilgan joyning koordinatalari yuborilgani aniqlangan. Uşbu modda Mirobod tumanida ötkazilgan tadbir davomida topilib, tegişli tartibda rasmiylaştirilgan.

100,5 ming doza narkotik tarqalişining oldi olindi
IIV ma’lumotiga köra, qölga olinganlar orasida oliy ta’lim muassasalari talabalari ham bor. Ular internet-narkodökonda olti oydan buyon faoliyat yuritib kelgan. Giyohvandlik vositalari esa çet el fuqarosi bölgan xalqaro narkokuryer vositaçiligida Özbekistonga olib kirilgan. Ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 2 kilogrammdan ortiq mefedron, MDMA va kokain musodara qilingan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotiga köra, bu moddalar aholiga tarqatilganida 100,5 ming dozaga yetişi mumkin edi. Holat yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

IIV fuqarolardan narkotik va psixotrop moddalar savdosi bilan boğliq şubhali holatlar yoki şaxslar haqida ma’lumotga ega bölsa, Telegram’dagi @stopnarko_bot orqali xabar berişni söramoqda.

Eslatma: talabalarning ijtimoiy tarmoqlar orqali taklif etilayotgan şubhali iş örinlariga rozilik berişdan oldin iş beruvçi, faoliyat turi va vazifalarni tekşirişi muhim. Qisqa muddatda yuqori daromad va’da qilinadigan, ammo noqonuniy topşiriqlarni öz içiga olgan takliflar jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari