15:20, Noyabr 24, 2026
/
185

Samarqanddagi 352 nafar talaba öqişini köçirmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand xalqaro texnologiya universiteti faoliyati töxtatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ta’lim va ilm-fan vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, universitet “Sanoat energetika guruhi” MChJ muassisligida 2022-yil 28-avgustda berilgan 036721-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritgan. Ayni paytda oliy ta’lim muassasasida 12 ta bakalavriat ta’lim yönalişi böyiça jami 451 nafar talaba tahsil olmoqda.

Universitetda yuzaga kelgan taşkiliy va moliyaviy muammolar sababli talabalarning öqişini davom ettiriş masalasi vazirlik e’tiboriga olingan. Şu maqsadda işçi guruh tomonidan talabalar va ularning ota-onalari bilan uçraşuvlar ötkazilib, vaziyat örganilgan. Hozirga qadar 352 nafar talabadan öqişini boşqa oliy ta’lim taşkilotida davom ettiriş böyiça arizalar qabul qilingan.

Vazirlik har bir talabaning ta’lim oliş huquqi va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş, şuningdek, öqiş jarayonining uzluksizligini saqlaş uçun zarur çoralar körilayotganini bildirgan. Ammo xabarda universitet litsenziyasi bekor qilingani yoki rasman tugatilgani haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari