09:49, Noyabr 26, 2026
/
297

Endi talabalarga ilmiy identifikatsiya raqami beriladi

Ilmiy loyiha qilayotgan talabalar, magistrantlar va yoş olimlar uçun yangi elektron tizim joriy etiladi. Unda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan şuğullanuvçi taşkilotlar yagona reyestrga kiritiladi, uşbu faoliyat bilan şuğullanuvçi jismoniy şaxslarga esa ilmiy identifikatsiya raqami beriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktyabrdagi 604-son qarori bilan belgilandi.

Ilmiy faoliyat qilayotgan talabaga nima beradi?
Yangi tizim, avvalo, ilmiy va innovatsion faoliyat bilan şuğullanayotgan yoşlar uçun muhim. Qarorga köra, bunday faoliyat bilan şuğullanuvçi jismoniy şaxsga ilmiy identifikatsiya raqami beriladi. U bir marta şakllantiriladi va olimning butun ilmiy faoliyati davomida özgarmaydi. Hatto şaxsiy ma’lumotlar özgargan taqdirda ham raqam saqlanib qoladi. Ya’ni ilmiy faoliyat bilan şuğullanuvçi yoş tadqiqotçining ma’lumotlarini yagona identifikator orqali tizimlaştiriş imkoniyati yaratiladi.

Ilmiy loyiha qilayotganlar uçun yana bir imkoniyat
Reyestrga kiritilgan taşkilotlar Agentlikning tegişli axborot tizimlaridan, jumladan, şaxsiy kabinetdan foydalanişi va ilmiy hamda innovatsion loyihalar, tanlovlarda iştirok etişi mumkin böladi. Bu, ayniqsa, universitetda öqiş bilan birga ilmiy izlaniş olib borayotgan talabalar, magistrantlar va yoş olimlar faoliyati uçun muhim bölişi mumkin.

Taşkilotlar qanday röyxatdan ötadi?
Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvçi taşkilotlar reyestrga kiritiliş uçun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topşiradi. Buning uçun davlat xizmati yiğimi undirilmaydi. Ariza maxsus axborot tizimi orqali körib çiqiladi. Hujjatlarda belgilangan tartibga köra, ariza qabul qilinganidan keyin 4 iş kuni içida örganib çiqiladi. Ijobiy xulosa berilgaç, taşkilotni reyestrga kiritiş 1 iş kuni içida tasdiqlanadi.

Barça ma’lumotlar bitta bazaga jamlanadi
Yangi tizim orqali ilmiy va innovatsion faoliyatga oid ma’lumotlarni yagona elektron bazaga jamlaş közda tutilgan. Qarorga köra, bu ma’lumotlar tegişli axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi. Natijada ilmiy va innovatsion faoliyatga oid ma’lumotlarni yagona elektron tizim orqali yuritiş imkoniyati yaratiladi.

Qaçondan işlaydi?
Yangi tizim bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi:
2027-yil 1-yanvargaça – reyestr uçun maxsus axborot tizimi işlab çiqiladi.
2027-yil 1-fevralgaça – reyestrga kiritiş böyiça davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali yölga qöyiladi.
2027-yil 1-aprelgaça – ilmiy va innovatsion faoliyatga oid yagona elektron baza işga tuşiriladi.
Demak, ilmiy izlaniş olib borayotgan talabalar va yoş olimlar uçun ilmiy faoliyatni yagona elektron tizimda identifikatsiya qiliş va ilmiy loyihalar hamda tanlovlarda iştirok etiş jarayonlari yanada tizimlaştiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktyabrdagi 604-son qaror hujjati

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari