10:30, Iyul 14, 2025
/
257

Repetitor kerakmi yoki mustaqil o‘qish mumkinmi?

“IELTS topshiraman, kimni tavsiya qilasiz?”, “Matematikadan kuchli repetitor kerak edi…”, “Repetitorsiz ham o‘qib 7.5 olish mumkinmi?”. Bu savollar sizga ham tanishmi? Bugun bilim olish bozorida tanlov ko‘p, vaqt kam, pul esa har doimgidek. O‘quvchiga repetitor haqiqatan kerakmi, yoki mustaqil o‘qish yetarli bo‘ladimi? Keling, har ikkala tomonni tahlil qilamiz.

Repetitor bu – sizning bilim maydoningizdagi “shaxsiy murabbiy”.
U sizni holatingizga qarab tayyorlaydi. Kuchli tarafingizni oshiradi, zaif joyingizni to‘g‘rilashga harakat qiladi.

Ustoz bilan tayyorlanishning ustunliklari:

  1. Nazoratchi sifatida sizni “uyg‘otib turadi”, dangasalik qilishga imkon bermaydi.
  2. Muammoli mavzularni joyida hal qiladi, vaqt sarflab YouTube titkilab o‘tirmaysiz.
    Lekin…
    Narxi har doim ham arzon emas. Har oyda 600 – 1 mln 500 ming so‘mgacha pul sarflaysiz.

Mustaqil o‘qish biroz qiyin yo‘l, lekin motivatsiya va to‘g‘ri resurs bo‘lsa yaxshi natija beradi.

Afzalliklari:

  1. To‘liq nazorat sizda bo‘ladi. Vaqt, mavzu hammasini siz hal qilasiz
  2. Hech kimga to‘lov yo‘q. Internetda bepul platformalar topish mumkin.
  3. Har bir xatoni o‘zingiz ko‘rasiz, o‘zingiz to‘g‘rilaysiz. Bu mustahkam o‘zlashtirishga olib keladi.
    Ammo…
  4. Motivatsiya tez so‘nishi mumkin. Bugun 2 soat o‘qib, ertaga umuman o‘qimay qo‘yasiz.
  5. Qiyin savollarga javob topa olmaslik

Xullas har ikkisini ham muvozanat bilan olib borish eng yaxshi natijani beradi. Asosiy tushunchalarni ustozdan o‘rganasiz, mashq va mustahkamlash darslarini mustaqil bajarasiz. Bu eng yaxshi yechim bo‘la oladi. Muhimi intizom bilan harakat qilishdan to‘xtamang!

Shahnoza Suyunova

Fikrlar (0)
Avval yangilari