11:45, Iyul 15, 2025
/
762

Abituriyentlar uchun eng foydali kitoblar ro‘yxati

Kirish imtihonlariga tayyorgarlik bu marafon. Unda kuchingiz, sabringiz va vaqtingiz eng qimmat kapital. Ammo harakatlaringizning samarasi qaysi kitoblardan foydalanayotganingizga bevosita bog‘liq. Bu maqolada Avlod media sizga abituriyentlar orasida sinovdan o‘tgan, samaradorligi tasdiqlangan, ishonchli manbalarni taqdim etadi.

O‘zbek tili va adabiyoti

-Akmal Akbarov – “O‘zbek tili testlari”
Nazariya va amaliyotni birlashtirgan bu kitobda har bir mavzudan keyin mustahkamlovchi testlar mavjud. Imtihonga yaqin tarzdagi savollar tufayli bilim darajangizni tekshirishingiz oson.

– O‘zRFA – “Adabiyot nazariyasi”
Asarlar, uslublar, obrazlar va davrlar haqida puxta tushuncha beruvchi nazariy qo‘llanma. Yaxshi adabiy tahlilni qilishni istagan abituriyent uchun muhim manba.

– Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan darsliklar (10–11-sinflar)
Rasmiy DTM testlari aynan shu darsliklar asosida tuziladi. Hech bo‘lmaganda bu manbalarni qayta-qayta o‘qish shart.

Matematika

– Toshmatov va Shermatov – “Abituriyentlar uchun matematika testlari”
DTM testlarining analizlari asosida ishlab chiqilgan, yechimlar bilan birga taqdim etilgan. Har bir savolning mantig‘i tushuntirilgan.

“Matematika asoslari” – R.Ikromov
Mavzular ketma-ketlik bilan yoritilgan, nazariya amaliy misollar bilan birlashtirilgan. Har bobdan keyin mustahkamlovchi masalalar bor.

– DTM rasmiy test to‘plamlari (so‘nggi 3 yil)
Bu testlar imtihon ruhiyatiga tayyorlanish va savollar uslubini anglash uchun yordam beradi.

Tarix

“O‘zbekiston tarixi” (10–11-sinf)
DTM testlarining asosiy manbasi. Savollarning 70–80 foizi shu darsliklardan olinadi.

– A.Qodirov – “Tarixiy testlar to‘plami”
Mavzulashtirilgan testlar, har bir davrga oid savollar bilan tahlil qobiliyatingizni oshiradi.

– X. Ibragimov – “Jahon tarixi: Abituriyentlar uchun”
Global tarixga zamonaviy qarash: sabab-natija bog‘lanishlarini tushuntirishga e’tibor qaratilgan.

Aniq fanlar: Biologiya, Kimyo, Fizika uchun qo`llanmalar

Biologiya:

– M. Mirzayeva – “Biologiya testlar majmuasi” – sinovdan o‘tgan testlar.

– 9–11 sinf darsliklari – rasmiy manba sifatida.

“Biologiyadan tezkor eslatmalar” – konspekt shaklidagi qayta takrorlash vositasi.

Kimyo

– R.Usmonov – “Kimyo nazariyasi va testlar” – nazariyani ko‘rsatkichlar bilan bog‘laydi.

– Amaliy laboratoriya qo‘llanmalari – tajriba asosida esda qoladigan bilim.

Fizika

– B. Ibragimov – “Fizikadan masalalar to‘plami” – harakat, energiya, elektr, optika bo‘yicha yechimlar.

“Fizika formulalari va qonunlari” – bir varaqda ko‘plab formulalarni jamlagan qo‘llanma.

Chet tili (Ingliz tili)

“Grammar in Use” – Raymond Murphy
Oddiy va lo‘nda tushuntirish, har bir mavzu bo‘yicha mashqlar – til asosini mustahkamlaydi.

“Abituriyentlar uchun ingliz tili testlari”
DTM formatidagi testlar bilan sinovlardan o‘tgan savollar.

“4000 Essential English Words” – Paul Nation
Kontekstda ishlatiladigan so‘zlar bilan lug‘at boyligini oshirishga qaratilgan kitoblar seriyasi.

Tanlayotgan kitoblaringizni yaxshi o‘ylab, sinchiklab tahlil qiling. Rasmiy darsliklar, tajribaga asoslangan qo‘llanmalar va testlar sizga bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi.

Shahnoza Suyunova

Fikrlar (0)
Avval yangilari