13:08, Iyul 18, 2025
/
151

O‘zbekistonda rekord o‘rnatgan abituriyent

O‘zbekiston abiturientlari orasida rekord o‘rnatganlari bor, faqat to‘plagan balli bilan emas, yoshi bilan. Har yili eng yoshi katta va eng yoshi kichik abiturientlar haqida ma’lumotlar DTM tomonidan taqdim etiladi. Masalan 2023-yil O‘zbekistondagi eng yoshi katta talabgor 64 da bo‘lgan. Ammo undanda keksaroq insonlar ham o‘qishga topshirgan desak ishonasizmi?

2020–2021-o‘quv yili uchun O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga eng yoshi katta abituriyent sifatida 95 yoshda bo‘lgan shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu ma’lumotniDavlat test markazi rasmiy bayonotlar orqali e’lon qilingan. 

Surxondaryo viloyati, Angor tumanida tug‘ilganMamatqul ota Berdialiyev 2020-yili Termizdagi Toshkent davlat agrar universiteti filialiga hujjat topshirgan. U imtihonda 42,1 ball to‘plagan va afsuski talabalikka qabul qilinmagan. Lekin 95 yoshga kirgan odamni bir tasavvur qilib ko‘ring. U o‘smirlikda ushalmagan orzusiga yetish uchun yoshini hisoblab ham o‘tirmagan. Shu payt “30 dan keyin miyaga kitob kirarmidi” deydiganlar ko‘z oldingizga keladi. Otaxon esa maqsadga erishish uchun hech qachon kech emasligini ko‘rsatib berdi. 

Fikrlar (0)
Avval yangilari