Endi grandga kirganlar kontraktga o‘tib qolishi mumkinmi?

Joriy yildan boshlab ilk marta, har semesterda grantlar qayta taqsimlanadi. Ya’ni siz byudjet bilan o‘qishga kirib, kelasi semesterda kontraktga tushib qolishingiz mumkin. Agar har 6 oyda bo‘ladigan yakuniy nazoratlardan yaxshi o‘ta olmasangiz. Biroq Prezidentning tegishli farmonida ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga, o‘qish davri uchun to‘liq hajmda grandlar taqdim etiladi, deya belgilangan. Ya’ni siz umumiy kvotada belgilangan byudjet hisobidan emas, alohida imtiyoz orqali kirgan bo‘lsangiz, 4 yil davomida hech qanday o‘zgarishsiz o‘qiy olasiz.
4 yillik grand kimlarga beriladi?
1. Qonunchilikda ko‘rsatilgan ijtimoiy imtiyozlarga ega bo‘lganlar.
Misol uchun, nogironligi bo‘lgan, yetim, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar. Bu toifadagi abituriyentlarga maqsadli qabul va davlat grantlari ajratiladi.
2. Davlat, tarmoqlar va tashkilotlar tomonidan tanlab olingan grant egalari. Ya’ni, maqsadli qabul doirasida, masalan, davlat organlari yoki tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan talabalar.
3. Ijtimoiy faol yoki akademik yutuqlari bilan ajralib turganlar