13:59, Iyul 23, 2025
/
231

Amerikadagi ta’lim qanchaga tushadi?

Har bir ota-ona o‘z farzandini eng yaxshi ta’lim muassasasida ko‘rishni istaydi. Bugungi kunda esa bu orzular ko‘pincha AQShdagi nufuzli universitetlar bilan bog‘liq. Harvard, Stanford, MIT… Biroq bu oson ish emasligini ham hamma yaxshi biladi. Keling siz bilan Amerikadagi ta’lim va harajatlar haqida gaplashamiz.

AQShdagi ba’zi universitetlarda bir yillik kontrakt narxi $70,000 dan oshadi. Agar yashash, ovqat, kutubxona to‘lovlari, transport va darsliklarni hisoblasak, umumiy yillik xarajat $90,000–$100,000 ga yetadi. Quyida eng qimmat oliygohlar ro‘yxati bilan tanishing.

Universitet nomiYillik ta’lim narxi (2024/2025)
Columbia University$72,000+
University of Chicago$70,000+
USC (Southern California)$68,000+
Brown University$66,000+
Northwestern University$66,000+

Nega bu universitetlarda o‘qish narxi juda qimmat? Chunki ular eng so‘nggi texnologiyalar, kuchli professorlar, zamonaviy kutubxonalar, amaliy tajriba va global tarmoqni taklif qiladi. Ya’ni, bu faqat diplomni emas, haqiqiy ta’lim.

AQShdagi oliygohlarga kirish uchun oddiy test yetarli emas. Abiturientdan shaxsiy o‘sish, intellektual salohiyat, yetakchilik, ijodkorlik talab etiladi. Shu sababli tub amerikalik ota-onalarning ko‘pchiligi tayyorgarlikka katta mablag‘ sarflashadi. Abiturientlar nimalarga tayyorlanadilar?

1. SAT, ACT, TOEFL

Eng nufuzli oliygohlar yuqori ball talab qiladi. Shuning uchun o‘quvchilar maxsus tayyorlov markazlariga qatnaydi. Har bir kurs $1,000 dan $5,000 gacha turishi mumkin.

2Shaxsiy murabbiylar

Shaxsiy murabbiylar SAT matematikasi, ingliz tili yoki insho yozishda yordam beradi. Tajribali ustozlar soatiga $100–$300 atrofida xizmat ko‘rsatadi.

3. Insho yozish xizmatlari

AQSH universitetlarida “personal statement” yoki “college essay” eng muhim hujjatlardan birihisoblanadi. Professional kopirayterlar ushbu insholarni tahrir qilish, tuzish va individual tarzda yozish uchun $500–$5,000 gacha haq oladi.

4. Konsaltinglar

AQShda mashhur bo‘lgan maxsus konsalting kompaniyalari bor. Ular to‘liq tayyorlov, hujjat topshirish, universitet tanlash va suhbatga tayyorlashni o‘z zimmasiga oladi. Bu xizmatlar $10,000–$25,000 oralig‘ida bo‘lishi mumkin.

Amerikalik talabalar universitetga kirishni erta 9-10-sinflardan boshlashadi. Qabul akademik, ijtimoiy va shaxsiy yutuqlar asosida shakllanadi.

Baholar (GPA). 4 yillik o‘rta maktab davridagi umumiy baholar eng muhim mezonlardan biri. Ko‘plab universitetlari 3.8–4.0 oralig‘idagi GPA talab qiladi.

Test ballari (SAT/ACT). Top universitetlar odatda SAT’da 1450–1600 oralig‘idagi natijani talab qiladi.

Faollik. Talabaning sport, musiqa, klub, ixtiyoriy ishlar yoki tadbirkorlikdagi faol ishtiroki muhim. Har bir universitet, ularni shaxs sifatida kimligini bilishni xohlaydi.

Liderlik. Sinf yetakchisi, loyiha tashabbuskori, yoshlar tashkiloti faoli bo‘lish bu afzallik.

Insho. Shaxsiy hikoya, orzular va motivatsiyani aks ettirgan insho abituriyent obrazini to‘liq ochib beradi.    

Tavsiyanomalar. O‘qituvchilar yoki maktab direktori tomonidan yozilgan tavsiyalar.

Amerika universitetlari talabalarga grandlar ham ajratadi. Faqat yuqori bilim va salohiyat talab qilinadi. Eng kuchli ta’lim muassassalarida o‘qish katta imkoniyatlardan biri. Biroq bu yo‘lda qat’iyat va uzoq muddatli mehnat kerak.

Fikrlar (0)
Avval yangilari