Imtihonda abiturientlar eng ko‘p xato qilgan fan

Davlat test markazi tomonidan e’lon qilingan tahlillarga ko‘ra, abituriyentlar imtihonda eng ko‘p xatoliklarni algebra va geometriya fanlarida amalga oshirishadi. Masalan, 2022–2023-yillarda o‘tkazilgan testlar statistikasi shuni ko‘rsatadiki, algebra hamda geometriya bo‘limlaridagi savollarda xatoliklar soni boshqalariga nisbatan keskin yuqoriroq bo‘lgan. Abituriyentlar algebrada formulalarni noto‘g‘ri qo‘llash, funksiya tiplari bilan chalkashish holatlariga duch kelishgan. Geometriyada esa uchburchak, to‘g‘ri chiziqlar, perimetr, yuzalarni hisoblashda tushunmovchiliklar, burchaklarni noto‘g‘ri o‘lchash holatlari ko‘proq kuzatiladi.
Nima uchun imtihonda bu fanlar murakkablik qilgan?
Algebra murakkab abstraksiyalar va formulalarni tushunishni talab qiladi. Ko‘plab abituriyentlar bu yerda formulalarni yodlashga harakat qiladi, lekin ularni muayyan sharoitda to‘g‘ri qo‘llay olishmaydi.
Geometriya esa vizual fikrlash va aniq logik ketma-ketliklarni tushunishni taqozo etadi. Diagramma, chizma va hajm bo‘yicha savollar esa ko‘pincha chalkashlikka olib keladi.
Shuning uchun ham aniq fanlarga tayyorgarlik ko‘rgan abituriyentlardan diqqat va kuchli e’tibor talab qilinadi. Shu kabi kerakli ma’lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun Avlod mediani kuzatib boring.