11:34, Iyul 30, 2025
/
195

Nega IT da qizlar soni kam?

IT qizlar uchun

Bugun dunyo juda tez o‘zgarayapti. Robotlar, sun’iy intellekt va boshqa eng so‘ngi texnologiyalar bunga misol. Albatta buning ortida IT xodimlar va muhandislar mehnati turibdi. Afsuski bu sohada qizlar soni juda kam.

Ehtimol siz ham “Texnika bilan shug‘ullanish erkaklarning ishi” degan gapni ko‘p eshitgandirsiz. Bu yillar davomida odamlar ongida shakllangan stereotiplardan biri. Ammo bu qarashlar asta-sekin o‘zgarmoqda. Avlod media quyida isbotlarni keltirib o‘tadi.

Dunyoning eng ilg‘or kompaniyalaridan biri NASAda, matematika va fizika mutaxassislari orasida qizlar soni ko‘p bo‘lgan. Masalan, Ketrin Jonson olib borgan izlanishlar astronavtlarni kosmosga jo‘natishda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Bundan tashqari tarix sahifasidan o‘rin olgan ko‘plab ayollarni yodga olish mumkin.

Mariya Kir ikki marta Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi va yagona ayol. U kimyo va fizika sohalarida inqilob qilgan.  Kir radioktivlik hodisasini o‘rgangan hamda  poloniy va radium elementlarini kashf qilgan.

Ada Lavleys birinchi kompyuter dasturchi ayoli. Hozirgi IT sohasi uning kashfiyotlari bilan boshlangan. Lavleys analitik mexanizm uchun algoritm yozgan.

Hedi Lamarr  bir paytning o‘zida mashhur aktrisa hamda tezkor aloqa tizimini yaratgan olim hisoblanadi.

Bu ayollarning hayoti qizlar ham ilm-fan va texnologiyada yaxshi natijalar ko‘rsatishi mumkin ekanini isbotlaydi. Bundanda qiziq ma’lumotlarni Avlod mediada o‘qing!

Fikrlar (0)
Avval yangilari