08:40, Avgust 1, 2025
/
287

5 yil ish stajiga ega fuqarolar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi

Kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarni kechki va masofaviy taʼlimga tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu imtiyozli imkoniyat mehnat faoliyati davomida malakasini oshirish istagida bo‘lgan mutaxassislar uchun yaratilgan bo‘lib, talabgorlar 2025-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha  my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari zarur.

Suhbat  jarayoni Vazirlar Mahkamasining 675-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi. Suhbat natijalariga ko‘ra, ular tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi. Qaysi tashkilotlar o‘z tizimidagi xodimlarni imtiyozli asosda o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega ekanligini pastda ko’rishingiz mumkin.

Quyidagi yirik tashkilotlar o‘z tizimidagi xodimlarni imtiyozli asosda o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega:

1. Iqtisodiyot va moliya tizimi

    • Iqtisodiyot va moliya vazirligi
    • Soliq qo‘mitalari
    • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

    2. Sanoat va energetika sektori

      • Energetika vazirligi
      • “O‘zbekneftgaz” AJ
      • “O‘zbekgidroenergo” AJ
      • “Hududgazta’minot” AJ

      3. Transport va aloqa sohasi

        • Transport vazirligi
        • “Uzbekistan Airways” AJ
        • “O‘zbekiston temir yo‘llari”
        • AJ“UzAuto Motors” kompaniyasi

        4. Qishloq xo‘jaligi va suv resurslari

          • Qishloq xo‘jaligi vazirligi
          • Suv xo‘jaligi vazirligi
          • “O‘zagroservis” AJ

          5. Ijtimoiy soha va boshqa tizimlar

            • Xalq ta’limi vazirligi
            • Sog‘liqni saqlash vazirligi
            • IIV, MHH, Milliy gvardiya

              Bu ro‘yxatga yana boshqa yirik birlashmalar ham kiritilgan bo‘lib, ularning to‘liq shakli Davlat qabul komissiyasining qarori asosida e’lon qilingan.

              Fikrlar (0)
              Avval yangilari