12:46, Avgust 7, 2025
/
208

Nega hali ham noqonuniy yo‘llar tanlanyapti? Yoxud qancha abituriyent imtihondan chetlatilgani ma’lum bo‘ldi.

Imtihondan chetlatish

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari allaqachon tugadi. Har yili kuzatiladigan holat bu yil ham takrorlandi. Bilim va malakani baholash agentligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 66 nafar abituriyent imtihondan chetlashtirilgan. Sabablar esa turlicha, masalan taqiqlangan buyumlarni olib kirishga urinish, o‘ringa o‘rin kirish va boshqalar. 

Savol tug‘iladi, nega hanuz shunday holatlar davom etmoqda?   

Qoidalar yildan-yilga qat’iylashib boryapti, imtihondan oldin tushuntirish ishlari olib borilyapti. Shunga qaramay, har yili abituriyentlar taqiqlangan vositalar bilan imtihon hududiga kirishga urinadi. Masalan, 2022-yilda internetda test topshiriqlarini tarqatganligi bois bir abituriyent chetlatilganini DTM rasman e’lon qilgan edi. Bu holat jamoatchilikda keng muhokamaga sabab bo‘lgan.

Nega abiturient qilayotgan harakati taqiqlanganini bilsada, uni sodir qiladi?

Bu ko‘pincha bilimga bo‘lgan ishonch yetishmasligidan kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari ota-onalardagi “bolam o‘qisa bo‘ldi” degan fikr shakllangan. Ko‘pchilik diplomni muhim deb hisoblaydi, ammo bilimsiz u shunchaki qog‘oz bo‘lib qolishini o‘ylab ko‘rishmaydi. Yoshlarda esa bu mehnatsiz natijaga erishish normal degan fikrni shakllantiradi. Eng yomoni bunday kadr oliy ta’limni tugatib, korrupsiya zanjirini yana bittaga ko‘paytirishi mumkin.

O‘zbekiston ta’lim tizimi so‘nggi yillarda imtihonlarni videokuzatuv va texnologik nazoratlar bilan o‘tkazadi.

Shikoyatlar uchun apellyatsiya berish imkoni ham mavjud. Ammo har doim ham bu tizim adolatli ishlayaptimi? Bu savol hozircha ochiq qolmoqda. Ammo ijobiy o‘zgarishlar ko‘p ekanini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Rektor xonalari, “tanka-yu” ko‘z bo‘yamachiliklar hartugul yo‘qolgan.

Imtihon shunchaki bir bosqich. O‘zingizga va atrofdagilarga adolatli bo‘lish esa juda muhim. Eng kerakli ma’lumotlarni avlod media orqali kuzating.

Fikrlar (0)
Avval yangilari