10:18, Avgust 8, 2025
/
643

Xalqaro talabalarga 6% soliq joriy etilishi mumkin

soliq

Endilikda Angliya universitetlari xalqaro talabalar uchun yiliga 600 million funt sterling soliq to‘lashi mumkin. Ya’ni har bir talaba uchun joriy qilinadigan 6% yiliga yuqoridagi miqdorga yetadi. 

Angliya ichki ishlar vazirligi yaqinda e’lon qilgan qonun kuchga kirsa universitetlar oldida ikkita yo‘l qoladi. Xarajatni talabalar zimmasiga yuklash yoki o‘z daromadlarini qisqartirib, soliqni bo‘yniga olish.

Oliy ta’lim siyosati instituti direktori Nik Hillman bu borada shunday dedi: “Xalqaro talabalar uchun kutilayotgan soliq, har bir yig‘ilishda muhokama qilinadigan asosiy mavzulardan biri. Universitet rahbarlari bu soliq ularning global maydonda raqobatbardoshligini pasaytirishidan xavotirda.”

Hukumat bu soliqdan tushgan mablag‘lar Oliy ta’lim va malaka oshirish tizimini moliyalashtirishga sarflanishini bildirgan.

Ichki ishlar vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, bu tufayli talabalar soni har yili 14 000 taga kamayishi mumkin. Ammo universitetlarning fikricha, bu raqam juda past baholangan. Bizni kuzatishda davom eting.

Fikrlar (0)
Avval yangilari