12:05, Avgust 18, 2025
/
655

O‘qishni ko‘chirishda baholash mezonlari qanday?

baholash mezonlari

Bugundan o‘qishni ko‘chirish imtihonlari boshlandi. Baholash mezonlari qanday bo’ladi?

O‘zbekistondagi xorijiy OTM filiallari va nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 18-19-avgust oralig’ida bo‘lib o‘tadi.

2025-yilda baholash mezonlari quydagicha bo’ladi:   
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

➖ Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

➖ Matematika – 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

➖ O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

✅ Majburiy fanlardan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta mutaxassislik fan bo‘yicha:

➖ 1-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

➖ 2-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

✅ Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2025/2026 oʻquv yili uchun o’qishni ko’chirish talabida bo’lganlarga 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi. Oliy ta’lim yangiliklarini Avlod Mediada kuzatib boring.

Fikrlar (0)
Avval yangilari