12:36, Avgust 18, 2025
/
894

Abituriyentlarga beriladigan oltinchi imkoniyat shu yil  kuchga kirishi aytilmoqda

oltinchi imkoniyat shu yil  kuchga kirishi aytilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’limga oid videoselektor yig‘ilishida abituriyentlarga oltinchi imkoniyat berilishini ilgari surgan edi. Avlod media ko‘p uchrayotgan savollarga javob beradi.

Ushbu tartibda qachondan boshlanadi?

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligiga yaqin manbaalar xabar berishicha, bu tartib joriy 2025-yildan kuchga kiradi.

O’qishga qabul qilish tartibi qanday bo‘ladi?

Hozircha aniq tartibi tasdiqlanmagan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, vazirlik bir nechta variant ustida ish olib bormoqda. Rasmiy tartib tasdiqlangach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kimlar uchun?

Oltinchi imkoniyat faqatgina tanlagan beshala yo‘nalishiga ham (na grant, na kontraktga) kira olmagan abituriyentlar foydalana olishi mumkin.  Agar abituriyent birorta yo‘nalishga qabul qilingan bo‘lsa, bu tartib o’qishgan kirganlar uchun amal qilmaydi.

Bu super-kontraktmi?

Yo‘q, bu super-kontrakt emas. Bu imkoniyat faqat kvotasi to‘lmay qolgan o‘rinlar hisobidan taqdim etiladi. Agar biror yo‘nalishda barcha o‘rinlar to‘lgan bo‘lsa, unga oltinchi yo‘nalish sifatida tanlov bo‘lmaydi.

Qaysi yo‘nalishni tanlash mumkin?

Oltinchi yo‘nalishni tanlashda abituriyentning fanlar majmuasi mos kelishi shart. Masalan, biologiya fanidan imtihon topshirgan abituriyent yurisprudensiya yo‘nalishini tanlay olmaydi.

Ta’limga oid eng so‘ngi yangiliklarni bilish uchun Avlod mediaga obuna bo‘ling!

Fikrlar (0)
Avval yangilari