07:55, Avgust 19, 2025
/
266

Yaponiyada o‘qish — orzularingiz sari eshik!

Yaponiyada o‘qish

Xorijda ta’lim. Nega aynan Yaponiya?

Bugun dunyo barcha uchun ochiq. Katta orzular, yangi bilimlar va cheksiz imkoniyatlar sari eng to‘g‘ri tanlov — xorijda o‘qishdir. Shunday imkoniyatlar ichida Yaponiya o‘zining ajoyib ta’lim tizimi, zamonaviy shaharlari va boy madaniyati bilan eng yaxshi tanlovlardan biri bo‘la oladi. Har yili minglab yoshlar aynan Yaponiyada o‘qish istagida. Nega? Chunki bu yerda siz nafaqat bilim olasiz, balki hayotiy tajriba, yangi do‘stlar va kelajak uchun mustahkam poydevor ham qurishingiz mumkin.

Nega aynan Yaponiya? Chunki u yerda dunyo miqyosida mashhur bo‘lgan va TOP-500 talik ro‘yxatdan joy olgan oliygohlar bor. Masalan: Tokyo University, Kyoto University, Osaka University. Bundan tashqari, Yaponiyada ingliz tilida o‘qish imkoniyatingiz ham bor, ya’ni bemalol ingliz tilidagi ta’lim turini tanlay olasiz. Ammo yashash davomida yapon tilini o‘rganishingiz juda zarur. Yana Yaponiyada talabalarga haftasiga 28 soat ishlash huquqi ham beriladi. Va siz Yaponiya universitetidan qo‘lga kiritgan diplomingiz butun dunyoda tan olinadi. Shuningdek, bu mamlakat qonunlari xavfsizlik va intizom ustiga qurilgan. Hatto qizlar o‘qishi uchun ham juda qulay deyish mumkin.

Mashhur universitetlar:

  1. University of Tokyo
  2. Kyoto University
  3. Osaka University
  4. Tohoku University
  5. Nagoya University
  6. Waseda University
  7. Keio University

Yaponiyada tahsil uchun sizdan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  1. Pasport
  2. Diplom va baholar
  3. IELTS yoki JLPT sertifikati
  4. Motivatsion xat va rezyume
  5. Tarjimalar (ingliz yoki yapon tilida)
  6. Sug‘urta
  7. Moliyaviy kafolat hujjati

Universitetlarga hujjatlarni oliygohlarning rasmiy saytlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish orqali yoki MEXT (Japan Government Scholarship) tizimida topshirish mumkin: MEXT rasmiy sayti.

Viza olish tartibi:
O‘qishga qabul qilinganingizdan so‘ng talaba vizasiga ariza berasiz. Buning uchun Yaponiya elchixonasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va kerakli hujjatlarni topshirish kerak. Odatda jarayon 1 oydan 2 oygacha davom etadi.

Ishlash imkoniyati:
Ha, Yaponiyada talaba haftasiga 28 soat ishlashi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan ish turlari:

Kafe, restoran, supermarketlarda ishlash

Til o‘qituvchisi yoki repetitorlik

IT, dizayn yoki freelance ishlari

Yetkazib berish xizmati

Turistik gidlik qilish

Soatlik o‘rtacha ish haq 900–1 500 yen (taxminan 6–10 AQSh dollar).

Yashash va kunlik xarajatlar:
Yaponiya shaharlari orasida yashash narxi farq qiladi. Tokio va Osaka qimmatroq, kichik shaharlar esa arzonroq. Uy ijarasi, ovqat, transport va boshqa xarajatlar oyiga o‘rtacha 800–1 200 AQSh dollari bo‘lishi mumkin.

Uy topish uchun saytlar:

suumo.jp

gakusei-jutaku.com

Grantlar:

MEXT (Japan Government Scholarship)

JASSO (Japan Student Services Organization)

Universitet grantlari va xususiy fondlar

Bitiruvdan keyinchi?
O‘qishni tugatgach, Yaponiyada qolib ishlash uchun ishchi viza olish mumkin. IT, muhandislik, fan-texnika, biznes sohalarida ish topish imkoniyati yuqori. 5–10 yil ishlagandan keyin doimiy yashash huquqini olish mumkin.

Yaponiyada o‘qish — bu faqat ta’lim emas, balki yangi madaniyat, imkoniyatlar, tartibli hayot va o‘z ustingizda ishlashdir. Asosiysi — aniq maqsad va qat’iyat bo‘lishi zarur.

Fikrlar (0)
Avval yangilari