Talabalar uchun foydali ilovalar

Ushbu ilovalar bilan talabalikda umuman qiynalmaysiz.
ChatGPT- Talabalar uchun “sehirli chiroq” bo‘lgan ilova
Birinchi o‘rinda albatta ChatGPT ilovasini yuklab olishingiz kerak, menimcha GPTga ortiqcha ta’rif kerak emas. Bugun deyarli barcha talabalar uchun u ma’lumot yigʻadi, vazifalarni bajaradi, ammo sohangizda yaxshi mutaxassis bo‘lishni istasangiz chatdan kamroq va maqsadliroq foydalanganingiz yaxshi. Xususan, Sem Altman chatGPTning yangi tayinlangan rahbari gptni kuniga kamida 3 soat ishlatishni maslahat beradi. Oʻzi esa, fikrlashini soatlab oddiy qogʻoz va ruchkada oʻtkazadi.
Chat GPTdan tashqari siz Gemini, Preplexity, Gammadan foydalanishingiz mumkin. Ular Chatdan farqli o‘laroq bepul va deyarli bir xil ishlaydi.
Hemis student – sizga toʻrt yil zarur boʻlgan ilova
Davlat universitetiga qabul qilingan bo‘lsangiz tabriklayman, endi bemalol hemis ilovasini telefoningizga ko‘chirib olishingiz mumkin, chunki kelajak 4 yilda sizning barcha baholaringiz, davomat umuman oʻqishga oid barcha ma’lumotlaringizni shu yerdan olasiz. Universitet hayotini koʻrib qoʻygan katta kurslar bu ilova qadrini juda yaxshi tushunishadi.
Mutola – kitob oʻqiganingiz uchun pul toʻlaydigan ilova
Agar siz ham shu imtihonlarni topshirib olay keyin maza qilib kitob oʻqiyman deb lekin haliyam boshlamaganlardan boʻlsangiz endi hech qanday bahonalar oʻtmaydi chunki bu ilova orqali siz istalgan kitobni elektron va audio shaklda bemalol topasiz.
Yana har oy kitob oʻqib savollarga javob berish orqali turli sovgʻalar va pul mukofotlari ham yutib olishingiz mumkin.
Ibrat farzandlari yoki Ibrat Academy
Bu ilova orqali Oʻzbekistondagi eng kuchli mutaxassislardan chet tillarini bepul oʻrganishingiz va tajriba ortishishingiz mumkin.
Zo‘r-a, istalgan tilni istalgan vaqtda, istalgan joyda bepul o‘rganasiz.
Ziyo App – tanlovlar, granrtlar, sovgʻalarni bir joyda jamlagan ilova
Eng birinchilardan boʻlib turli grantlar, tadbir va tanlovlar haqida xabardor bovlishni istasangiz albatta Ziyo App ni yuklab oling. Chunki bu ilova bilan xalqaro maydonga, O‘zbekistonning Top 100 talikka kirgan yoshlariga va yangi bilimlarga boshalardan yaqinroq boʻlasiz.
Keyingi ilova bu Canva
Bu yerda siz turli taqdimotlar, mustaqil ishlarni bemalol osongina yaratishingiz mumkin. Canvaning boshqa shu kabi ilovalardan farqi unda juda ham ko‘p kreativ g‘oyalar bor va ulardan tekinga foydalansangiz boʻladi.
Quizlet – mavzularni bir zumda oʻrgatuvchi ilova
Bu ilova ayniqsa imtihon vaqtida juda ham kerak. Chunki istalgan mavzuni osongina o‘rganib olasiz. Bir marta ishlatib ko‘ring, vaqtingiz ancha tejalaladi.
Talabalar hayotiga oid barcha yangiliklar va savollaringizga javobni esa birinchilardan bo‘lib albatta Avlod media orqali bilib olasiz.
Shuning uchun obuna bo‘ling va bu xabarni talaba do‘stingizga yuborib qo‘ying.