12:23, Avgust 20, 2025
/
652

Fikrlarni o‘qiy oladigan miya implanti ishlab chiqildi

o‘qiy oladigan

Stanford Medicine olimlari nutq qobiliyatidan mahrum bo‘lgan bemorlarda ichki nutqni o‘qiy oladigan miya–kompyuter interfeysini ishlab chiqishdi. Bu usul tezkor muloqotni qayta tiklash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Miyaning motor korteksi — harakatlarni boshqaradigan sohalarni, jumladan, nutqni hosil qiluvchi mushaklarning harakatini ham nazorat qiladi. BCI — bu miyaning yuzasiga jarrohlik yo‘li bilan o‘rnatiladigan, no‘xatdan ham kichik mikroelektrod massivlari bo‘lib, ular neyron faollik signallarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozib oladi. Bu signallar kabel orqali kompyuter algoritmiga uzatiladi va ularni nutqqa yoki kursor harakatiga tarjima qiladi.

Olimlar neyron faolligini “fonema”larga — nutqning eng kichik birliklariga bog‘lab o‘rgatish uchun mashina o‘qitish usullaridan foydalanishdi. Kompyuter ma’lum fonemalarga mos ravishda takrorlanadigan neyron faoliyatini aniqlashni o‘rganadi, so‘ng ularni so‘z va jumlalarga birlashtiradi.

Neyroxirurgiya bo‘yicha dotsent Willett va hamkasblari ilgari, falajlangan bemorlar gapirish yoki yozish harakatini qilishga uringanida (mushaklari yoki nerv aloqalari zaif bo‘lgani uchun ularni amalga oshira olmasada), BCI ushbu harakatga oid neyron signallarni aniqlab, ularni so‘zlarga yuqori aniqlikda tarjima qila olishini isbotlashgan edi. 

Fikrlar (0)
Avval yangilari