Toshkentda ijara narxlari qancha?

Talabalikka qabul qilinganlarni imtihon, mandat natijalaridan so‘ng Toshkentda turar joy topish muammosi o‘ylantiradi. Chunki hamma talabalar ham universitet yotoqxonasiga joylasha olmaydilar. Sizni o‘ylagan holda Avlod media uy tanlashdagi tavsiyalar bilan bo‘lishadi.
Agar siz Toshkentda bitta uyni o‘zingiz band qilmoqchi bo‘lsangiz narxlar taxminan quyidagicha:
1 xonali ta’mirlangan kvartira: $300–$400
2 xonali: $400–$600
3 xonali: $500–$700
4 xonali: $700–$1000
Uyning ta’mir holati va boshqa asoslariga ko’ra narxlar farq qilishi mumkin.
Tumanlar bo‘yicha narxlar
Eng arzon tumanlar:
Sergeli, Olmazor: 1 xonali ijarasi $300–$400atrofida
Eng qimmat tumanlar:
Mirobod, Shayxontohur, Yakkasaroy: Masalan, Shayxontohurda 4 xonali kvartira $1 000–$1 300 gacha narxda. Arzonlarini topish ham mumkin, bunda uyning ta’mir holati inobatga olinadi.
2025- yil 1chorakda ijaraga olish bozoridagi narxlar o‘tgan yilga nisbatan 10,7%ga arzonlashgan. Ammo bu narx ko‘p talabar uchun qimmatlik qiladi. Shuning uchun ma’qul yechim, sherikchilik asosida uy olish.
Ijaraga uy olishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Hudud tanlash: Markaziy tumanlar (Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod) zamonaviy va infratuzilma jihatdan qulay, ammo qimmatroq. Chilonzor, Sergeli, Yashnobod esa arzonroq bo‘lishi mumkin. Ammo faqat narxga emas, universitetingiz joylashgan hududga ham e’tibor bering. Chunki o‘qish davrida qulaylik bo’lishi ham muhim.
2. Platforma va agentliklar
● Asosiy e’lon saytlari: OLX.uz, Realt24.uz, kvartirka.com. Ammo bu saytlarda firibgarlar ham juda ko’p. Shuning uchun ishonch hosil qilgachgina to‘lov qiling.
● Telegram kanallarda ham e’lonlar bor. Xavfsizlik jihatidan bu usul ishonchliroq.
Tavsiyalar foydali bo‘lgan bo‘lsa, Avlod mediani kuzatishda davom eting!