11:19, Avgust 25, 2025
/
260

Talaba qizlar uchun haq to‘lanadigan IT stajirovka dasturi

Qizlar va ayollar uchun O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalarida haq to‘lanadigan stajirovkalardan o‘tish bo‘yicha noyob imkoniyat!

Agar oliy o‘quv yurtida o‘qisangiz yoki oliy o‘quv yurtini IT yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bo‘lsangiz, ammo hozircha rezyumeingizda ko‘rsatish uchun amaliy ko‘nikmalar yetishmayotgan bo‘lsa – ariza bering! Bu dastur aynan siz uchun!

Stajirovka dasturida kimlar qatnasha oladi va qayerda bo‘ladi?

 Stajirovkalarning aksariyati Toshkent shaharidagi kompaniyalarida o‘tkaziladi. Arizalarni O‘zbekistonning istalgan hududida yashaydigan qizlar berishi mumkin (ishtirokchilar stajirovka uchun stipendiya oladi, u Toshkentda 2 oy yashash va ishlash uchun barcha xarajatlarni qoplaydi).

Ushbu dastur ikkinchi marta o‘tkazilmoqda va mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishga va o‘zlari stajirovkadan o‘tayotgan kompaniyalarda ishga joylashishga da’vogarlik qilishga intilayotgan oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilari bo‘lgan qizlar va ayollar hamda o‘z faoliyatini endigina boshlagan yosh mutaxassislar (18-28 yoshgacha) uchun mo‘ljallangan.

Srajirovka qachon o‘tkaziladi?

Stajirovkalar dasturi 2025-yil sentyabrdan noyabrga qadar gibrid rejimda (dastavval onlayn uchrashuvlar va seminarlar, so‘ngra – 2 oy to‘lanadigan offlayn stajirovkalar) o‘tkaziladi. Noyabr oyida Toshkentda dasturning final tadbiri bo‘lib o‘tadi, unda har bir ishtirokchi o‘z stajirovkasining natijalarini taqdim etadi va BMTTD (Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi) ning sertifikatiga ega bo‘ladi.

Haq to‘lanadigan stajirovka dasturi kim tomonidan tashkillanmoqda?

Qizlar va ayollar uchun stajirovkalar dasturi O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTDning hamkorlikdagi “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida Tech4Impact NNT tomonidan amalga oshirilmoqda.

Arizalar 2025-yil 1-sentyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi. 

Ro‘yxatdan o‘tish

Shu kabi yangiliklar va e’lonlarni o‘tkazib yubormaslik uchun Avlod medianing ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga obuna bo‘lishni unutmang, chunki Avlod media talabalar hayotiga oid eng so‘nggi xabar va yangiliklarni birinchilardan yetkazib beruvchi ishonchli axborot vositasi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari