11:14, Avgust 29, 2025
/
341

3-kursdan o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar qo‘lga olindi

Buxoro innovatsion tibbiyot institutiga 3-kursdan kiritish evaziga 3 ming dollar olayotganida qo‘lga olindi.

Buxoroda bir shaxs fuqaroning nomiga soxta hujjat tayyorlab, uni Buxoro innovatsion tibbiyot institutiga 3-kursdan kiritish evaziga 3 ming dollar olayotganida qo‘lga olindi.

Toshkentda ham firibgarlik holati yuz berdi

Piskent tumanida yana 2 shaxs fuqaroni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga joylashtirib berish bahonasida 2 ming dollar olayotgan vaqtda ushlangan.

Hozirda barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tegishli tergov ishlari olib borilmoqda.

So‘nggi paytlarda firibgarlar odamlarni o‘qishga joylashtirib berish, kursdan-kursga o‘tkazib qo‘yish kabi yolg‘on va’dalar bilan aldash hollari ko‘paymoqda. Talabalar va ota-onalar bunday takliflarga uchib qolmasliklari uchun faqat qonuniy va rasmiy manbalarga murojaat qilishlari zarur.

Fikrlar (0)
Avval yangilari