Janubiy Koreyada o‘qish — Talabaga nimalar beradi?

Xorijda ta’lim. Nega aynan Janubiy Koreyada?
Nega bugungi kunda ko‘pchilik xorijda o’qishni istaydi? Chunki chet elda ta’lim talabaga judayam ko‘p imkoniyatlar taqdim etadi. Shu bilan birga talaba oldida turli davlatlar tanlovi ham mavjud, masalan Janubiy Koreyada.
Janubiy Koreya esa o‘zining ilg‘or ta’lim tizimi, texnologiyaga asoslangan zamonaviy hayoti, xavfsiz jamiyati va boy madaniy merosi bilan alohida ajralib turadi. Har yili minglab xorijiy talabalar aynan Koreyada o‘qishni tanlaydi.
Nega aynan Janubiy Koreya? Chunki bu yerda siz nafaqat sifatli bilim olasiz, balki xalqaro tan olinadigan diplomga, turli madaniyatlar bilan tanishish imkoniyatiga va mustahkam professional tayyorgarlikka ega bo‘lasiz. Ustiga ustak, talabalarga ishlash va turmush qurishgacha bo‘lgan keng imkoniyatlar ham taqdim etiladi. Bundan tashqari Janubiy Koreya universitetlari dunyodagi eng yaxshi oliygohlar qatoriga kiradi.
Top universitetlari: Janubiy koreya oliygohlarida ko‘plab darslar ingliz tilida olib boriladi va koreys tili darslari ham o‘tiladi. Ta’lim narxi esa boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan ancha arzon. Talabalarga haftasiga 20 soatgacha ishlash huquqi bor. Koreya universitetlari bitiruvchilariga mamlakatda qolib ishlash, keyinchalik esa doimiy yashash huquqini olishga ham yordam beradi.
Mashhur universitetlari:
Seoul National University (SNU)
Korea Advanced Institute of Science and Technology (KAIST)
Pohang University of Science and Technology (POSTECH)
Korea University
Yonsei University
Hanyang University
Sogang University
Qanday hujjatlar kerak?
Pasport
Diplom va baholar (o‘rta yoki oliy ta’lim)
IELTS / TOPIK (koreys tili) sertifikati
Motivatsion xat
Rezyume (CV)
Tarjimalar (ingliz yoki koreys tilida)
Sug‘urta
Moliyaviy kafolat hujjati
Eslatma: TOPIK — bu koreys tili bilim darajasini ko‘rsatadigan xalqaro sertifikat hisoblanadi.
Hujjatlar qanday qayerga topshirilishi kerak:
Siz Koreya universitetlarining rasmiy saytlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ariza topshirishingiz yoki GKS (Global Korea Scholarship) dasturi orqali Koreya hukumatining grantlariga murojaat qilishingiz mumkin bo‘ladi.
Rasmiy sayti: https://www.studyinkorea.go.kr
Viza olish tartibi esa quyidagicha:
1. Birinchi navbatda universitetga qabul qilinishingiz kerak.
2. So‘ngra Koreya elchixonasi orqali talaba vizasiga (D-2 viza) ariza topshirasiz. Bu jarayon odatda 1 oydan 1,5 oygacha vaqt oladi.
Ishlash imkoniyati
Koreyada xorijiy talabalar haftasiga 20 soat ishlash huquqiga ega (darsdan bo‘sh vaqtlarda albatta). Ta’tilda esa ko‘proq soat ishlashga ham ruxsat beriladi.
Talaba ishlashi mumkin bo‘lgan ishlar:
Kafe va restoranlarda ofitsiant
Til o‘qituvchisi yoki repetitorlik
Ofis yoki IT ishlarida
Yetkazib berish va do‘konlarda yordamchi bo‘lib
Frilanserlik (grafika, dizayn, kontent yaratish) qilishingiz mumkin.
O‘rtacha soatlik ish haqi: 8 000–12 000 von (taxminan 6–9 AQSh dollari) bo‘ladi.
Yashash va kundalik xarajatlar
Koreyada yashash narxi shaharga qarab farqlanadi. Seul, Busan, Incheon — nisbatan qimmatroq shaharlardir.O‘rtacha oylik xarajat: 800–1 200 AQSh dollari (ijara, ovqat, transport, telefon, internet va h.k.). Bu albatta har bir talabaning shaxsiy hohishlari hamda tanlovidan kelib chiqib belgilanadi.
Uy topish uchun saytlar:
Grantlar:
GKS (Global Korea Scholarship) — hukumat granti
Korea Foundation, POSCO Foundation
Universitetlarning ichki stipendiyalari
Xususiy fondlar va homiylik dasturlari orqali grandlarni qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Bitiruvdan keyin-chi deysizmi?
O‘qishni tugatgan talaba ishchi viza (E-7) bilan bemalol Koreyada qolib ishlashi mumkin bo‘ladi. Koreyada eng ommabop bo‘lgan sohalar bu IT vatexnologiya, muhandislik, tibbiyot, biznes va marketing, dasturlash va sun’iy intellektdir.
Koreyada uzoq muddat ishlagan xorijiy fuqarolarga esa doimiy yashash (F-2 yoki F-5) vizalari ham beriladi.Bu janubiy koreya fuqoroligi degani.
Janubiy Koreyada o‘qish — bu zamonaviy ta’lim olish imkoniyati, texnologik jihatdan rivojlanishingiz, boy madaniyat va yuqori sifatli hayot degani.
Agar sizda aniq maqsad, harakat va qat’iyat bo‘lsa — Koreyada tahsil olish siz uchun eng yaxshi sarmoya bo‘lishi aniq.
Ta’limga oid eng yaxshi yangiliklarni kuzatib borish uchun Avlod media saytiga obuna bo‘lishni unutmang. Buning uchun saytimizning yuqori o‘ng qismida joylashgan tugmani bosib ro‘yxatdan o‘tishingiz yetarli.