Madaniyat va san’at sohasidagi iqtidorli yoshlar rag‘batlantiriladi
“Ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvalash va qo‘shimcha rag‘batlantirish borasidagi hukumat qarori qabul qilindi”. VMQ-329-son (27.05.2025)
Qarorga ko‘ra, madaniyat va san’at sohasidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:
- Ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi;
- Madaniyat sohasida sun’iy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha “Ijodiy texnoloboratoriya” tashkil etiladi;
- Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Ijodkor yoshlar klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
- “Madaniyat volontiyorlari” ijtimoiy harakati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassislari va taniqli san’atkorlari o‘quv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi.
Madaniyat va san’at sohasidagi “Start up” loyihalar uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grandlar ajratish choralari ko‘riladi.
2026-yilda madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik kalendar reja asosida yoshlar uchun tanlov va festivallar tashkil etiladi.