14:04, Avgust 14, 2026
/
691

Yoshlar uchun qiymati 10 million so’mlik loyiha start oldi

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi umumiy qiymati 10 million so‘mlik “Mustaqillik va men”ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlov mualliflik she’riyati va mualliflik videoroligi kabi yo‘nalishlarda o‘tkazilib, 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish shartlari juda oddiy:
O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan mualliflik she’ri yoki videorolik tayyorlaysiz;
Agarda, she’riyat yo‘nalishini tanlagan bo‘lsangiz, yozgan she’ringizni ifodali o‘qib, video shaklida yozib olasiz;
Tayyor ijodiy ishni shaxsiy Instagram sahifangizga post qilib joylaysiz hamda instagramda @ZiyoForum hamda @YP_Senat sahifalarini belgilab story joylashtirasiz.
Shuningdek, she’r matni yoki tayyor videoroligingizni @ziyoforumuz Telegram manziliga yuborib qo‘yasiz.

Tanlov yo‘nalishlari

1. Mualliflik she’riyati

2. Mualliflik videoroligi

Ariza bilan birga quyidagi ma’lumotlar ham yuboriladi:

– F.I.Sh.;
– tug‘ilgan sana va yosh;
– yashash hududi;
– ta’lim yoki ish joyi;
– telefon raqami;
– tanlov yo‘nalishi;
– ijodiy ish yoki uning havolasi;
– Instagramdagi tanlov posti havolasi.

To‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumot yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmasligi mumkin.

G‘oliblarga nima beriladi?

Har ikki yo‘nalish bo‘yicha bittadan g‘olib aniqlanadi.

“Eng yaxshi she’r muallifi” – 5 mln so‘m.

“Eng yaxshi videorolik muallifi” – 5 mln so‘m.

G‘oliblarga, shuningdek, diplom va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Tanlov muddati

Ijodiy ishlar 2026-yil 4-avgustdan 24-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov natijalari Mustaqillik bayrami arafasida tashkilotchilarning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida e’lon qilinadi.

Muhim: tanlovga yuborilgan ish muallifning o‘ziga tegishli bo‘lishi shart. Plagiat, yolg‘on ma’lumot yoki tanlov talablarini buzish holati aniqlansa, ishtirokchi tanlovdan chetlashtiriladi.

Batafsil ma’lumotlar

Fikrlar (0)
Avval yangilari