Bir haftada qariyb 100 ming nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtdi

2026–2027-oʻquv yili uchun davlat OTM va texnikumlarga qabul boshlanganiga bir hafta boʻlgan boʻlsa-da, onlayn roʻyxatdan oʻtganlar soni 99 ming 800 nafarga yetdi.
Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 39,6 foizga koʻp. Taqqoslash uchun, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 71,5 ming nafarni tashkil etgan.

Abituriyentlarning 46,3 ming nafari joriy yil bitiruvchilari qolgan 53,5 ming nafari avvalgi yillar bitiruvchilariga to’g’ri keladi.
Ta’lim tili bo‘yicha ko’rsatkichlar quyidagicha:
▪️ O‘zbek tili — 88%
▪️ Rus tili — 10,4%
▪️ Qoraqalpoq tili — 1,4%
▪️ Boshqa tillar — 0,2%
Eng ko‘p abituriyent esa, Toshkent shahri, Samarqand va Andijon viloyatlarigga to’g’ri keladi.
Ma’lumot o’rnida qabulning 1-bosqichi uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 25-iyunga qadar davom etadi.
Qabul haqidagi muhim ma’lumotlar bu yerda.