09:00, Noyabr 23, 2026
/
143

100 nafar askar har yili OTMga imtihonsiz qabul qilinadi

Özbekistonda muddatli harbiy xizmatni ötayotgan va xizmatni tugatgan yoşlar uçun ta’lim, bandlik hamda tadbirkorlik yönalişlarida yangi imtiyozlar joriy etiladi. Prezidentning 2026-yil 7-apreldagi PQ–134-son qaroriga muvofiq, askarlar xizmat davomida oliy ta’limga hujjat topşirişi, kasb örganişi, xizmatdan keyin esa davlat taşkilotlariga işga kirişda qöşimça ball olişi mumkin.

Harbiy xizmat davomida universitetga kiriş mumkin
2026/2027-öquv yilidan boşlab muddatli harbiy xizmatni ötayotgan askarlarga oliy ta’lim taşkilotlarining masofaviy ta’lim şakliga hujjat topşiriş va kiriş imtihonlarida qatnaşiş huquqi beriladi. Imtihon natijalariga köra talabalikka qabul qilinganlar uçun tölov-kontrakt asosida imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi. Şuningdek, xizmat davomida oliy ta’limga qabul qilingan askarlar harbiy tayyorgarlik öquv markazlarida tahsil olgan talabalar bilan tenglaştiriladi. Öqişni tamomlagaç, ularga belgilangan tartibda “zaxiradagi leytenant” harbiy unvoni beriladi.

100 nafar askar oliy harbiy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi
Muddatli harbiy xizmatni namunali ötagan, respublika yoki xalqaro sport musobaqalari yoxud fan olimpiadalarida birinçi örinni egallagan askarlar uçun alohida qabul tartibi belgilanmoqda. Ular orasidan tanlov asosida 100 nafar nomzod saralanib, oliy harbiy va oliy harbiylaştirilgan ta’lim muassasalariga belgilangan yillik kvota doirasida test sinovlarisiz yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbatlarsiz qabul qilinadi. Bundan taşqari, xizmat davomida Olimpiya va Osiyo öyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari böyiça respublika yoki xalqaro musobaqalarda birinçi örinni egallagan askarlar Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga mos yönalişlar böyiça davlat granti asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

Askarlar xizmat davomida kasb-hunar örganadi
Harbiy qismlarda askarlarning qiziqişi va qobiliyatidan kelib çiqib, kasbga öqitiş guruhlari taşkil etiladi. Kamida bitta kasbni egallaş uçun olti oygaça davom etadigan öquv kurslari yölga qöyiladi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Bunda harbiy qismlarga yaqin hududlardagi texnikumlar öquv jarayoniga jalb qilinadi. Askarlarni kasbga öqitgan pedagoglarga 2026-yil 1-maydan boşlab maşğulotlar uçun soatbay haq tölanadi. Harbiy xizmatni tugatib, xususiy sektorda işlaş istagini bildirgan yoşlarning kasb-hunar örganiş xarajatlari ham belgilangan tartibda vauçer asosida qoplab beriladi.

Xorijiy til va fan sertifikati xarajatlari qoplanadi
2026-yil 1-iyuldan boşlab muddatli harbiy xizmatni ötagan va oliy ta’lim taşkilotlarida öqişni istagan yoşlarning xorijiy til hamda fan sertifikatlarini oliş xarajatlari “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan qoplab beriladi.

Tadbirkorlik boşlaş uçun kredit foizlari kompensatsiya qilinadi
Harbiy xizmatni tugatganidan keyin bir yil mobaynida tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagini bildirgan yoşlarga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar böyiça foiz xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi. Bunda kredit miqdori 5 milliard sömgaça bölişi, foiz xarajatlari esa Markaziy bank asosiy stavkasining 4 foiz punkt yuqori qismigaça kompensatsiya qilinişi belgilangan. Uşbu xarajatlar “Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi” AJ tomonidan qoplanadi. Şuningdek, 2026-yil 1-sentabrdan boşlab harbiy xizmat davomida oliy ta’lim taşkilotlariga tölov-kontrakt asosida qabul qilingan askarlarning birinçi yilgi ta’lim krediti Ta’lim kreditini moliyalaştiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan ajratiladi. Qarorga muvofiq, Mudofaa vazirligi va boşqa manfaatdor idoralar harbiy qismlarda kasbga öqitiş tizimini taşkil etiş, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yölga qöyiş hamda harbiy xizmatni tugatgan yoşlarning bandligini ta’minlaş böyiça tegişli çoralarni amalga oşiradi.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari