10:26, Iyul 11, 2025
/
1,2 тыс

Ikkinchi mutaxassislikka noturdosh yo‘nalishda o‘qisa bo‘ladimi?

Ikkinchi mutaxassislikka o‘qishga kirishda bakalavr diplomining qaysi yo‘nalishda ekanligi muhim emas. Masalan, matematika yo‘nalishini tamomlab, biologiya bo‘yicha ikkinchi mutaxassislikni tanlash mumkin.

Qabul jarayoni 10-iyuldan 10-avgustgacha hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn topshiriladi. Imtihon tartibi esa har bir OTM tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Qaysi kursdan boshlab o’qish mumkin?

Sirtqi ta’lim shakliga 2-kursdan qabul qilinadi. Ayrim ta’lim yo’nalishlarning sirtqi ta’limda o’qish imkoniyati mavjud bo’lmaganligi uchun kunduzgi ta’lim shaklidan ham qabul qilish mumkin.

Oxirgi yillarda talab kamligi sababli, ko‘plab OTMlarda ikkinchi mutaxassislikka suhbat asosida yoki imtihonsiz qabul qilinmoqda!

Fikrlar (0)
Avval yangilari